BITIRUVCHILAR BANDLIGI — DOIMIY E’TIBORDA
BITIRUVCHILAR BANDLIGI — DOIMIY E’TIBORDA: BUXORO TUMANIDA MANZILLI ISHLAR OLIB BORILDI
O‘zLiDeP Buxoro viloyati Kengashi raisi, Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati, Buxoro davlat universiteti rektori, professor Obidjon Xamidov boshchiligida Buxoro tumanida universitet bitiruvchilarining bandligini ta’minlash masalalari manzilli o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida tumanda bandligi ta’minlanmagan 56 nafar bitiruvchining holati alohida tahlil qilinib, ularning mutaxassisligi, kasbiy ko‘nikmalari va mavjud vakant ish o‘rinlaridan kelib chiqib, bandligini ta’minlash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, 10 nafardan ortiq bitiruvchi bilan bevosita muloqot o‘tkazildi. Ularning ishga joylashish bilan bog‘liq masalalari tinglanib, mutaxassisligi va kasbiy imkoniyatlariga mos ish o‘rinlarini aniqlash hamda doimiy bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.
Jarayonda tuman mutasaddilari, universitet mas’ullari, dekanlar, kafedralar hamda bitiruvchilarga biriktirilgan professor-o‘qituvchilar bilan hamkorlikda har bir bitiruvchi bilan individual ishlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mavjud vakansiyalardan samarali foydalanish, bitiruvchilarni ish beruvchilar bilan bog‘lash, zarur hollarda kasbiy yo‘naltirish va ularning bandligini ta’minlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
Asosiy maqsad — har bir bitiruvchining holatini manzilli o‘rganish, uning salohiyatiga mos imkoniyatni aniqlash va aniq ish o‘rniga yo‘naltirish. Buxoro davlat universiteti tomonidan hududiy tashkilotlar bilan hamkorlikda bitiruvchilar bandligini ta’minlashga qaratilgan manzilli va amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.