• Biz haqimizda
    • Ko'p beriladigan savollar
    • OTM statistikasi
    • Faxrli bitiruvchilar
  • Yangiliklar
    • Foto lavhalar
  • Maqolalar
  • Ish topish
  • Tashkilot/Korxonalar
  • Rezyumelar
  • Rezyume to'ldirish
  • AI Yordamchi
  • Bog'lanish
Kirish

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • "Biz yoshlar korrupsiyaga yo‘q deymiz" mavzusida trening mashg‘uloti
18.04.2024

"Biz yoshlar korrupsiyaga yo‘q deymiz" mavzusida trening mashg‘uloti

     18 aprelda Buxoro davlat universiteti Marketing va karyera bo‘limida “Biz yoshlar korrupsiyaga yo‘q deymiz” mavzusida trening mashg‘uloti o‘tkazildi.

     Bunda marketing va karyera bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sharipov Olim va Fizika-matematika fakulteti tyutori Maxmud Hasanov 1-1 MAT 23 guruh talabalariga mavzu bo‘yicha tushuntirishlar olib bordi.

     Korrupsiya davlat va jamiyat rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavf, eng yomon illatlardan biri bo‘lib, tadbirda so‘zga chiqqanlar korrupsiyaga qarshi qat’iyat bilan kurashish taraqqiyotimizning muhim omillaridan biri ekanligini ta’kidladilar. Bu o‘rinda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, ijtimoiy adolat tamoyillarini ta’minlash muhimligi qayd etildi. Bu o‘rinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Korrupsiyaga qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar qanchalik harakat qilmasin, xalqimiz bu jirkanch illatga murosasiz bo‘lmas ekan, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatmas ekan, bu baloga qarshi samarali kurashni tashkil eta olmaymiz. Bu illat bilan nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, balki har bir jamoa jiddiy kurashishi kerak. Shuning uchun har bir davlat idorasida jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadigan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘z ichki dasturlari bo‘lishi shart” degan sozlari muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

     Tadbir davomida barcha talabalar o‘zlarini  qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

     Marketing va karyera bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sharipov Olim tadbirni quyidagi fikrlar bilan yakunladi:

     “Xulosa o’rnida aytishimiz mumkinki, bugun nafaqat bizning yurtimiz, balki xalqaro miqyosda ham korrupsiya dolzarb muammo bo’lib qolmoqda. Uni yengish, unga qarshi kurashish uchun davlat miqyosida ham, xalqaro miqyosda ham turli xil qonunlar qabul qilinmoqda. Jumladan, O’zbekistonda “Korrupsiya qarshi kurashish to’g’risida” gi (2017-yil 3-yanvar) qonun qabul qilinib, bu boradagi islohotlar jadal davom etmoqda. Shuningdek O’zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga ham a’zo davlat hisoblanadi va bu davlatimizning bu sohaga qay darajada jiddiy yondashayotganing isbotidir. Korrupsiya qarshi kurashish maqsadida bugun aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirishga oid chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu borada turli ilmiy-amaliy tadbirlar, aholi bilan davra suhbatlari o’tkazilmoqda, ayniqsa, yoshlar bilan. Zotan, biz ularni bugun korrupsiyaga qarshi kurash ruhida tarbiyalay olsak, ular ertaga haqiqiy jamiyatning ertasini o’ylovchi, vatanparvar o’g’il va qizlar bo’lib yetishib chiqadi va taraqqiyotimiz bardavom bo’laveradi”.

Kategoriyalar

  • yarmarka 39
  • ko'rgazma 2
  • karyera kuni 26
  • Seminar trening 14
  • E'lon 3
  • munozara 5
  • Koordinator faoliyati 1
  • kelishuv 8
  • uchrashuv 40
  • hokim bilan uchrashuv 33
  • tanlov 2
  • Xotira 1
  • Xordiq 1
  • korrupsiya 1

HashTaglar

"Kapital bank" Buxoro filiali mehmonxona korr korrupsiya ishonch I.Karimovni eslab Buxoro Davlat Universiteti Koordinator faoliyati mahorat darsi Hokim bilan uchrashuv British American Tobacco Uzbekistan Biznesda_yoshlar karyera kuni - 2024 "ARTEL KOMPANIYASI" BUXORO FILIALI "Ekvatorial Chodak" tekstil korxonasi Karyera kuni “WORLD EDU 2023” O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim fav va Innovatsion vazirligiI Ochik eshiklar Buxoro xalqaro aeroporti bilan kelishuv uzbat xalqaro korxona Biznesda_yoshlar hisobot kelishuv UZBAT BuxDU munozara Munozara_viloyat_bosqichi_saralash yarmarka tanlov energetika Biznes marafon “SOF EXPO SAMARKAND” uchrashuv Buxoro Agroklaster Buxoro Varnet munozara maktab Reikartz mehmonxonasi
Yangi ish o'rinlari va bildirishnomalar haqida yangilanishlarni olish uchun hoziroq elektron pochta obunamizga qo'shiling

Karyera markazi sizga imkoniyatingiz va sharoitingizga mos ravishda ish qidirishga yordam bera oladi!

  • Manzil : Muhammad Iqbol ko'chasi 11-uy

  • Email : cace@buxdu.uz

  • Telefon raqam : +998(65) 221-27-49

  • Biz haqimizda
  • Ko'p beriladigan savollar
  • Faxrli bitiruvchilar
  • OTM statistikasi
  • Ish topish
  • Tashkilot/Korxonalar
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Foto lavhalar
  • Video lavhalar
  • Bog'lanish
Copyright © 2025 by MEME CODER +998 93 478 68 81
AI Assistant
Online

Salom! Sizga qanday yordam bera olaman?