• Biz haqimizda
    • Ko'p beriladigan savollar
    • OTM statistikasi
    • Faxrli bitiruvchilar
  • Yangiliklar
    • Foto lavhalar
  • Maqolalar
  • Ish topish
  • Tashkilot/Korxonalar
  • Rezyumelar
  • Rezyume to'ldirish
  • AI Yordamchi
  • Bog'lanish
Kirish

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • "British American Tobacco Uzbekistan" AJ Qo'shma korxonasi bilan uchrashuv
29.02.2024

"British American Tobacco Uzbekistan" AJ Qo'shma korxonasi bilan uchrashuv

🔰 "British American Tobacco Uzbekistan" AJ Qo'shma korxonasi hamda BuxDU Marketing va karyera bo'limi Bandlik markazi hamkorligida bitiruvchilar uchun hozirgi kunda talab yuqori bo'lgan ishlab chiqarish, IT, marketing, SM-targetolog kabi sohalar, karyeraviy imkoniyatlarga oid uchrashuv bo'lib o'tdi

Agarda Siz "British American Tobacco Uzbekistan" AJ Qo'shma korxonasining "UzBAT Got Talent" nomli tadbirida ishtirok etgan,  biroq suhbat uchun anketa to'ldirishga ulgurmagan bo'lsangiz Marketing va karyera bo'limiga murojaat qilishingiz mumkin. 

 

      Buxoro davlat universitetida katta faollar zalida Marketing va karyera bo’limi Bandlik markazi hamda  "British American Tobacco Uzbekistan" AJ Qo'shma korxonasi bilan hamkorlikda bitiruvchi yoshlar o‘rtasida "UzBAT Got Talent" nomli tadbiri tashkil etildi. Tadbirni ochib berishda BuxDU o'quv ishlari bo'yicha prorektori R.G'. Jumayev rivojlanib borayotgan davlatimizda yoshlar bandligiga katta e’tibor qaratilayotganligini e’tirof qilib o‘tdilar.

      Tadbir davomida ishtirok etuvchilar korxona nomidan tashrif buyurgan mutaxassislar, xususan, kompaniyaning xodimlar bilan ishlash bo‘yicha yetakchi menejeri Билялова Алие tomonidan ishlab chiqaruvchilar sifati va samaradorligini belgilab beruvchi “TOP EMPLOYERS” Instituti natijalariga ko‘ra 2019-yildan beri yetakchilik qilib kelayotgan "British American Tobacco Uzbekistan" AJ Qo'shma korxonasi faoliyati va tarixi, xalqaro munosabatlardagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.

 

      1902-yildan buyon o’z faoliyatini olib borayotgan ushbu kompaniya bugungi kunda 200dan ortiq mamalakatlarda o’z mahsulotlarini eksport qiladi, shundan 50dan ortiq mamalakat iqtisodiy bozori yetakchilaridan hisoblanadi. O‘zbekiston iqtisodiyot bozorida 29 yillik tajribaga ega. “Dow Jones” indeksida ketma-ket 17 yil davomida o‘z barqarorligini saqlab kelmoqda va hozirgi vaqtda London fond birjasining “TOP-5”ligidan o‘rin olgan.

      Navbatda kompaniyaning xodimlar bo‘yicha menejeri Диана Мухтарулина kompaniya tarkibi, kelgusida o‘z karyeraviy faoliyatini dunyo reytinglarida yuqori o‘rinlarda turuvchi kompaniyada davom ettirishni xohlovchilar uchun yaratilgan va yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar bilan tanishtirdi.

      Iqtisodiyot, moliya, marketing, ishlab chiqarish, targeting sohalari hamda HR o‘z qobiliyatlarini yaqqol namoyon eta oladigan yoshlarni ushbu kompaniyada ajoyib imkoniyalar, yuqori ish haqi, qisqa muddatlarda karyeraviy o‘sish, Londonda 2 haftalik stajirovka hamda xalqaro miqyosdagi munosabatlarni yuritishda 3 oygacha bo‘lgan xizmat safarlari kutayotganligi ta’kidlab o‘tildi.

      Ushbu qulay imkoniyatlarda ishlash istagida bo’lgan yoshlardan faqatgina xalqaro darajadagi til bilishlari (rus, ingliz tillari), kuchli yetakchilik xususiyatlari hamda mobillik ya’ni kompaniya tomonidan belgilangan hudud (filial)da faoliyat olib borishlari talab qilinadi. Ishga qabul qilishda saralash bosqichlari tushuntirib o‘tildi.

      Tadbir davomida mas’ul xodimlar tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga to‘liq javob berildi. Tadbir so‘ngida taklif etilayotgan vakant ish o‘rinlariga qiziqish bildirgan yoshlar bilan kompaniyaning xodimlar bilan ishlash bo‘yicha yetakchi menejeri Билялова Алие tomonidan qisqa muddatli “face to face” suhbat amalga oshirildi va esdalik sovg‘alari berildi.

Kategoriyalar

  • yarmarka 39
  • ko'rgazma 2
  • karyera kuni 26
  • Seminar trening 14
  • E'lon 3
  • munozara 5
  • Koordinator faoliyati 1
  • kelishuv 8
  • uchrashuv 40
  • hokim bilan uchrashuv 33
  • tanlov 2
  • Xotira 1
  • Xordiq 1
  • korrupsiya 1

HashTaglar

"Kapital bank" Buxoro filiali mehmonxona korr korrupsiya ishonch I.Karimovni eslab Buxoro Davlat Universiteti Koordinator faoliyati mahorat darsi Hokim bilan uchrashuv British American Tobacco Uzbekistan Biznesda_yoshlar karyera kuni - 2024 "ARTEL KOMPANIYASI" BUXORO FILIALI "Ekvatorial Chodak" tekstil korxonasi Karyera kuni “WORLD EDU 2023” O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim fav va Innovatsion vazirligiI Ochik eshiklar Buxoro xalqaro aeroporti bilan kelishuv uzbat xalqaro korxona Biznesda_yoshlar hisobot kelishuv UZBAT BuxDU munozara Munozara_viloyat_bosqichi_saralash yarmarka tanlov energetika Biznes marafon “SOF EXPO SAMARKAND” uchrashuv Buxoro Agroklaster Buxoro Varnet munozara maktab Reikartz mehmonxonasi
Yangi ish o'rinlari va bildirishnomalar haqida yangilanishlarni olish uchun hoziroq elektron pochta obunamizga qo'shiling

Karyera markazi sizga imkoniyatingiz va sharoitingizga mos ravishda ish qidirishga yordam bera oladi!

  • Manzil : Muhammad Iqbol ko'chasi 11-uy

  • Email : cace@buxdu.uz

  • Telefon raqam : +998(65) 221-27-49

  • Biz haqimizda
  • Ko'p beriladigan savollar
  • Faxrli bitiruvchilar
  • OTM statistikasi
  • Ish topish
  • Tashkilot/Korxonalar
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Foto lavhalar
  • Video lavhalar
  • Bog'lanish
Copyright © 2025 by MEME CODER +998 93 478 68 81
AI Assistant
Online

Salom! Sizga qanday yordam bera olaman?