"British American Tobacco Uzbekistan" AJ Qöşma korxonasi bilan uçraşuv
🔰 "British American Tobacco Uzbekistan" AJ Qöşma korxonasi hamda BuxDU Marketing va karyera bölimi Bandlik markazi hamkorligida bitiruvçilar uçun hozirgi kunda talab yuqori bölgan işlab çiqariş, IT, marketing, SM-targetolog kabi sohalar, karyeraviy imkoniyatlarga oid uçraşuv bölib ötdi
Agarda Siz "British American Tobacco Uzbekistan" AJ Qöşma korxonasining "UzBAT Got Talent" nomli tadbirida iştirok etgan, biroq suhbat uçun anketa töldirişga ulgurmagan bölsangiz Marketing va karyera bölimiga murojaat qilişingiz mumkin.
Buxoro davlat universitetida katta faollar zalida Marketing va karyera bölimi Bandlik markazi hamda "British American Tobacco Uzbekistan" AJ Qöşma korxonasi bilan hamkorlikda bitiruvçi yoşlar örtasida "UzBAT Got Talent" nomli tadbiri taşkil etildi. Tadbirni oçib berişda BuxDU öquv işlari böyiça prorektori R.Ğ. Jumayev rivojlanib borayotgan davlatimizda yoşlar bandligiga katta e’tibor qaratilayotganligini e’tirof qilib ötdilar.
Tadbir davomida iştirok etuvçilar korxona nomidan taşrif buyurgan mutaxassislar, xususan, kompaniyaning xodimlar bilan işlaş böyiça yetakçi menejeri Билялова Алие tomonidan işlab çiqaruvçilar sifati va samaradorligini belgilab beruvçi “TOP EMPLOYERS” Instituti natijalariga köra 2019-yildan beri yetakçilik qilib kelayotgan "British American Tobacco Uzbekistan" AJ Qöşma korxonasi faoliyati va tarixi, xalqaro munosabatlardagi örni haqida batafsil ma’lumot berib ötdi.
1902-yildan buyon öz faoliyatini olib borayotgan uşbu kompaniya bugungi kunda 200dan ortiq mamalakatlarda öz mahsulotlarini eksport qiladi, şundan 50dan ortiq mamalakat iqtisodiy bozori yetakçilaridan hisoblanadi. Özbekiston iqtisodiyot bozorida 29 yillik tajribaga ega. “Dow Jones” indeksida ketma-ket 17 yil davomida öz barqarorligini saqlab kelmoqda va hozirgi vaqtda London fond birjasining “TOP-5”ligidan örin olgan.
Navbatda kompaniyaning xodimlar böyiça menejeri Диана Мухтарулина kompaniya tarkibi, kelgusida öz karyeraviy faoliyatini dunyo reytinglarida yuqori örinlarda turuvçi kompaniyada davom ettirişni xohlovçilar uçun yaratilgan va yaratilayotgan imkoniyatlar, şart-şaroitlar bilan taniştirdi.
Iqtisodiyot, moliya, marketing, işlab çiqariş, targeting sohalari hamda HR öz qobiliyatlarini yaqqol namoyon eta oladigan yoşlarni uşbu kompaniyada ajoyib imkoniyalar, yuqori iş haqi, qisqa muddatlarda karyeraviy ösiş, Londonda 2 haftalik stajirovka hamda xalqaro miqyosdagi munosabatlarni yuritişda 3 oygaça bölgan xizmat safarlari kutayotganligi ta’kidlab ötildi.
Uşbu qulay imkoniyatlarda işlaş istagida bölgan yoşlardan faqatgina xalqaro darajadagi til bilişlari (rus, ingliz tillari), kuçli yetakçilik xususiyatlari hamda mobillik ya’ni kompaniya tomonidan belgilangan hudud (filial)da faoliyat olib borişlari talab qilinadi. Işga qabul qilişda saralaş bosqiçlari tuşuntirib ötildi.
Tadbir davomida mas’ul xodimlar tomonidan iştirokçilarni qiziqtirgan savollarga töliq javob berildi. Tadbir söngida taklif etilayotgan vakant iş örinlariga qiziqiş bildirgan yoşlar bilan kompaniyaning xodimlar bilan işlaş böyiça yetakçi menejeri Билялова Алие tomonidan qisqa muddatli “face to face” suhbat amalga oşirildi va esdalik sovğalari berildi.