Bugun 10-sentyabr, Slovakiya tadbirkorlari Buxoro şahar Kasbiy könikmalar markazida Buxorodagi oliygohlar bitiruvçi talabalari va fuqarolari örtasida uçraşuv va "Mehnat Yarmarkasi" tadbiri bölib ötdi.
Bugun 10-sentyabr, Slovakiya tadbirkorlari Buxoro şahar Kasbiy könikmalar markazida Buxorodagi oliygohlar bitiruvçi talabalari va fuqarolari örtasida uçraşuv va "Mehnat Yarmarkasi" tadbiri bölib ötdi.
Buxoro şahar Kasbiy könikmalar markazida xalqaro hamkorlik doirasida muhim uçraşuv bölib ötdi. Slovakiyaning yirik korxonalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkor rahbarlar mamlakatimizga taşrif buyurib, Buxoro oliygohlarining, xususan Buxoro davlat universiteti bitiruvçilariga yangi imkoniyatlar taqdim etişdi.
Uçraşuv davomida Slovakiyadagi bir qator yirik korxonalarda mavjud böş iş örinlari bitiruvçilarga taqdim qilindi. Jumladan:
Muzqaymoq işlab çiqariş korxonasi
Mehmonxona xöjaligi
Quriliş korxonasi
Transport xizmatlari korxonasi
Mazkur uçraşuvda Slovakiya korxonalari vakillari bitiruvçilar bilan bevosita suhbat olib borib, ularning kasbiy tayyorgarligi, bilim va könikmalarini örgangan holda özining mos iş örinlarini taklif qilişmoqda. Bu esa yoşlarimiz uçun xorijda öz bilimlarini amaliyotda qöllaş, malakasini oşiriş va xalqaro tajribaga ega böliş uçun keng imkoniyatlar eşigini oçadi.
Şu bilan birga, Buxoro davlat universiteti Bandlik va karyera bölimi mazkur jarayonlarda faol iştirok etib, Slovakiya korxonalari bilan hamkorlikni mustahkamlaş hamda kelgusida yanada yirik taşabbuslarni amalga oşirişni maqsad qilmoqda.
Mazkur hamkorlik bitiruvçi yoşlarning kelajagi uçun yangi ufqlarni oçib, xalqaro mehnat bozoriga çiqişlarida muhim qadamlardan biri bölib xizmat qiladi.