Bugun Buxoro davlat universiteti Bandlik va karyera bo'limi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan universitet talabalari uchun "Bukhara Cotton Textile (BCT)"...
Bugun Buxoro davlat universiteti Bandlik va karyera bo'limi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan universitet talabalari uchun "Bukhara Cotton Textile (BCT)" korxonasi rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda Buxoro davlat universiteti Bandlik va karyera bo'limi rahbari hamda mutaxassislari va Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi, liderlari, volontyorlari, shuningdek korxonaning ish yurituvchilari ham ishtirok etib, talabalar bilan bevosita muloqot olib bordilar. Uchrashuv davomida talabalarga korxonaning asosiy ishlab chiqarish yo'nalishlari, ish tartibi, mehnat sharoitlari va mavjud bo'sh ish o'rinlari haqida batafsil ma'lumot berildi.
Shuningdek, korxona xodimlari tomonidan ishlab chiqarish jarayoni, ish muhiti va korxonada yosh mutaxassislar uchun yaratilgan shart-sharoitlar tanishtirildi. Talabalar ish joylarini bevosita ko'zdan kechirish, o'zlarini qiziqtirgan savollarni berish va rahbariyatdan to'g'ridan-to'g'ri javob olish imkoniga ega bo'ldilar.
Tadbirda Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi jamoasi liderlari va volontyorlari ham faol ishtirok etib, tashabbuskorlik va faollik namunalarini ko'rsatdi.
Mazkur uchrashuv yoshlar bandligini ta'minlash, ularni ishlab chiqarish jarayonlariga jalb etish hamda talabalarning amaliy tajribasini oshirishga xizmat qiladi.
Bandlik va karyera bo'limi yoshlarning kasbiy yo'nalishini mustahkamlash, ularni amaliy tajribaga ega bo'lishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish yo'lida tadbirlar va mehnat yarmarkalarini tashkillashtirishda davom etadi.