"BuxDU karyera maktabi" klubining navbatdagi mavsumi mashg'ulotlari bo'lib o'tdi!
"BuxDU karyera maktabi" klubining navbatdagi mavsumi mashg'ulotlari bo'lib o'tdi!
Bandlik va karyera bo'limi tomonidan tashkil etilgan "BuxDU karyera maktabi"ning mashg'ulotlari muvaffaqiyatli tashkil etilmoqda. Dars davomida talabalarga zamonaviy talablar asosida CV (rezyume) tayyorlash, mehnat faoliyatiga oid huquqiy normalar, shuningdek, "Argos" platformasidan foydalanish tartibi haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shu bilan birga, talabalar bilan suhbatlar olib borilib, ularni qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar hamda o'zlashtirgan nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida amaliy topshiriqlar bajarib, real vaziyatlar asosida ko'nikmalarini rivojlantirdilar.
Mazkur dars talabalarning kelgusidagi kasbiy faoliyatiga puxta tayyorgarlik ko‘rishida muhim ahamiyat kasb etadi. Barcha bosqichdagi talabalar ishtirok etishlari mumkin!