BuxDU Universal sport majmuasida “Ochiq eshiklar kuni” va “Karyera kuni – 2026” tadbirlari boshlandi.
BuxDU Universal sport majmuasida “Ochiq eshiklar kuni” va “Karyera kuni – 2026” tadbirlari boshlandi
Ayni damda Buxoro davlat universitetining Universal sport majmuasida “Ochiq eshiklar kuni” hamda “Karyera kuni – 2026” tadbirlari boshlandi.
Mazkur tadbirni Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ochib berib, yig‘ilgan yoshlarga samimiy tilaklarini bildirib, ularning kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Tadbir doirasida abituriyentlar va yoshlar uchun universitetdagi ta’lim yo‘nalishlari, mavjud imkoniyatlar hamda kelajakdagi kasbiy rivojlanish istiqbollari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etilmoqda.
Shuningdek, “Karyera kuni – 2026” doirasida turli tashkilot va korxonalar ishtirokida yoshlar uchun ish o‘rinlari, amaliyot va hamkorlik imkoniyatlari yuzasidan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Mazkur tadbir yoshlarning kasb tanlashida to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish, ularni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantirishga xizmat qiladi.