• Biz haqimizda
    • Ko'p beriladigan savollar
    • OTM statistikasi
    • Faxrli bitiruvchilar
  • Yangiliklar
    • Foto lavhalar
  • Maqolalar
  • Statistika
  • Ish topish
  • Tashkilot/Korxonalar
  • Rezyumelar
  • Rezyume to'ldirish
  • AI Yordamchi
  • Bog'lanish
Kirish

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • BuxDUda bitiruvchilar bandligi bo'yicha uchrashuv o'tkazildi.
19.03.2026

BuxDUda bitiruvchilar bandligi bo'yicha uchrashuv o'tkazildi.

BuxDUda bitiruvchilar bandligi bo'yicha uchrashuv o'tkazildi

Buxoro davlat universiteti Bandlik va karyera bo'limi tashabbusi bilan Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Akmal Nazarov boshchiligida Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakulteti bitiruvchi talabalari hamda professor-o'qituvchilar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar bandligini ta'minlash borasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta'minlash, ayniqsa bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash jarayonlarini yanada takomillashtirish maqsadida o'tkazildi.

Tadbirda "O'zmilliybank" AJ Buxoro viloyat bosh boshqarmasi boshqaruvchisi Obid Shodiyev ishtirok etib, bank tomonidan amalga oshirilayotgan "Kelajakka qadam" loyihasi doirasida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozli kreditlar va moliyaviy qo'llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma'lumot berdi.

Uchrashuv davomida asosiy e'tibor:
bitiruvchi talabalarni mutaxassisligi bo'yicha ishga joylashtirish;
ularning bandligini individual yondashuv asosida ta'minlash;
amaliyot jarayonlarini qo'llab-quvvatlash va moliyalashtirish;
yoshlar uchun mavjud ish o'rinlari va imkoniyatlar bilan tanishtirishga qaratildi.

Tadbir davomida bitiruvchilarning bandligini ta'minlash, ularni mehnat bozoriga samarali integratsiya qilish hamda real ish o'rinlariga yo'naltirish masalalari keng muhokama qilindi.

Ayniqsa, Bandlik va karyera bo'limi boshlig'i S.K.Hamidov tomonidan har bir bitiruvchi talaba bilan alohida suhbatlar o'tkazilib, ularning kelgusidagi kasbiy rejalari, qiziqishlari hamda ishga joylashish imkoniyatlari yuzasidan aniq yo'nalishlar belgilab berildi.

Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida davom etib, talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar hamda kelajak faoliyatlari uchun muhim tavsiyalarga ega bo'ldilar.

Kategoriyalar

  • yarmarka 42
  • ko'rgazma 2
  • karyera kuni 28
  • Seminar trening 18
  • E'lon 3
  • munozara 5
  • Koordinator faoliyati 1
  • kelishuv 8
  • uchrashuv 43
  • hokim bilan uchrashuv 33
  • tanlov 2
  • Xotira 1
  • Xordiq 1
  • korrupsiya 1

HashTaglar

"Kapital bank" Buxoro filiali mehmonxona korr korrupsiya ishonch I.Karimovni eslab Buxoro Davlat Universiteti Koordinator faoliyati mahorat darsi Hokim bilan uchrashuv British American Tobacco Uzbekistan Biznesda_yoshlar karyera kuni - 2024 "ARTEL KOMPANIYASI" BUXORO FILIALI "Ekvatorial Chodak" tekstil korxonasi Karyera kuni “WORLD EDU 2023” O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim fav va Innovatsion vazirligiI Ochik eshiklar Buxoro xalqaro aeroporti bilan kelishuv uzbat xalqaro korxona Biznesda_yoshlar hisobot kelishuv UZBAT BuxDU munozara Munozara_viloyat_bosqichi_saralash yarmarka tanlov energetika Biznes marafon “SOF EXPO SAMARKAND” uchrashuv Buxoro Agroklaster Buxoro Varnet munozara maktab Reikartz mehmonxonasi Seminar-trening
Yangi ish o'rinlari va bildirishnomalar haqida yangilanishlarni olish uchun hoziroq elektron pochta obunamizga qo'shiling

Karyera markazi sizga imkoniyatingiz va sharoitingizga mos ravishda ish qidirishga yordam bera oladi!

  • Manzil : Muhammad Iqbol ko'chasi 11-uy

  • Email : cace@buxdu.uz

  • Telefon raqam : +998(65) 221-27-49

  • Biz haqimizda
  • Ko'p beriladigan savollar
  • Faxrli bitiruvchilar
  • OTM statistikasi
  • Ish topish
  • Tashkilot/Korxonalar
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Foto lavhalar
  • Video lavhalar
  • Bog'lanish
Copyright © 2026 by MEME CODER +998 93 478 68 81
AI Assistant
Online

Salom! Sizga qanday yordam bera olaman?