BuxDUda bitiruvçilar bandligi va karyera markazi faoliyati örganildi
BuxDUda bitiruvçilar bandligi va karyera markazi faoliyati örganildi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlaş milliy agentligi direktori Baxtiyor Yöldoşev hamda Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov BuxDUda taşkil etilgan Bandlik va karyera markazi faoliyati bilan yaqindan tanişdilar.
Taşrif davomida bitiruvçi talabalarni iş bilan ta’minlaş mexanizmlari, yirik iş beruvçi korxonalar bilan örnatilgan hamkorlik aloqalari hamda talabalarning professional könikmalarini şakllantiriş borasidagi işlar közdan keçirildi. Xususan, markazda yölga qöyilgan raqamli monitoring tizimi, bitiruvçilarning bandligini bkm-buxdu.uz platformasi orqali tahlil qilib boriş hamda yoş mutaxassislarga rezyume tayyorlaşda körsatilayotgan maslahat xizmatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Agentlik direktori ta’lim sifatini ta’minlaşda bitiruvçilarning mehnat bozoridagi örni va ularning öz mutaxassisligi böyiça işga joylaşişi eng asosiy körsatkiç ekanligini ta’kidladi. Markazda yaratilgan zamonaviy şaroitlar va iş beruvçilar bilan tizimli işlaş amaliyoti yuqori baholandi. Buxoro davlat universiteti rahbariyatining bitiruvçilar karyerasini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan uşbu taşabbusi oliy ta’lim va mehnat bozori integratsiyasini mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etişi qayd etildi.