• Biz haqimizda
    • Ko'p beriladigan savollar
    • OTM statistikasi
    • Faxrli bitiruvchilar
  • Yangiliklar
    • Foto lavhalar
  • Maqolalar
  • Statistika
  • Ish topish
  • Tashkilot/Korxonalar
  • Rezyumelar
  • Rezyume to'ldirish
  • AI Yordamchi
  • Bog'lanish
Kirish

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • BuxDUda qorako‘llik bitiruvchi yoshlar uchun ochiq muloqot va bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi
09.06.2026

BuxDUda qorako‘llik bitiruvchi yoshlar uchun ochiq muloqot va bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi

BuxDUda qorako‘llik bitiruvchi yoshlar uchun ochiq muloqot va bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi

Bugun, 9-iyun kuni Buxoro davlat universitetida Qorako‘l tumani hokimligi mutasaddilari, ish beruvchilar hamda universitetni tamomlayotgan qorako‘llik bitiruvchi yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari Feruz To‘xtamurotov hamda universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Rustam Jumayev bitiruvchilarning bandligini ta’minlash borasidagi ustuvor vazifalarga to‘xtaldilar.

Muloqot davomida talabalarga zamonaviy mehnat bozori talablari va ish qidirishning raqamli imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, bitiruvchilarga Vacancy.argos.uz hamda Career.edu.uz platformalari orqali ro‘yxatdan o‘tish, shaxsiy rezyumelarni joylashtirish va davlat xizmatidagi bo‘sh ish o‘rinlarini kuzatib borish tartiblari amaliy misollar bilan tushuntirildi. Tadbirda tumaning yirik ish beruvchilari, jumladan, “Parvoz Humo ravnaq trans” MCHJ rahbari Nirmuhammad Achilov ham ishtirok etib, yosh mutaxassislar uchun mavjud vakant o‘rinlari va yaratilgan sharoitlar haqida so‘zlab berdi.

Ochiq muloqot tarzida kechgan uchrashuvda bitiruvchilar o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashish, imtiyozli kreditlar olish va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mas’ullardan javob oldilar. Ko‘plab talabalar uchrashuvning o‘zidayoq tuman korxona va tashkilotlari bilan dastlabki kelishuvlarga erishdilar. Mazkur tadbir yosh mutaxassislarning o‘z hududlarida munosib ish o‘rinlariga ega bo‘lishlarida muhim ko‘prik bo‘lib xizmat qildi.

Kategoriyalar

  • yarmarka 42
  • ko'rgazma 3
  • karyera kuni 37
  • Seminar trening 21
  • E'lon 3
  • munozara 5
  • Koordinator faoliyati 1
  • kelishuv 8
  • uchrashuv 46
  • hokim bilan uchrashuv 35
  • tanlov 2
  • Xotira 1
  • Xordiq 1
  • korrupsiya 1
  • Kelajakka qadam 6

HashTaglar

"Kapital bank" Buxoro filiali mehmonxona korr korrupsiya ishonch I.Karimovni eslab Buxoro Davlat Universiteti Koordinator faoliyati mahorat darsi Hokim bilan uchrashuv British American Tobacco Uzbekistan Biznesda_yoshlar karyera kuni - 2024 "ARTEL KOMPANIYASI" BUXORO FILIALI "Ekvatorial Chodak" tekstil korxonasi Karyera kuni “WORLD EDU 2023” O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim fav va Innovatsion vazirligiI Ochik eshiklar Buxoro xalqaro aeroporti bilan kelishuv uzbat xalqaro korxona Biznesda_yoshlar hisobot kelishuv UZBAT BuxDU munozara Munozara_viloyat_bosqichi_saralash yarmarka tanlov energetika Biznes marafon “SOF EXPO SAMARKAND” uchrashuv Buxoro Agroklaster Buxoro Varnet munozara maktab Reikartz mehmonxonasi Seminar-trening
Yangi ish o'rinlari va bildirishnomalar haqida yangilanishlarni olish uchun hoziroq elektron pochta obunamizga qo'shiling

Karyera markazi sizga imkoniyatingiz va sharoitingizga mos ravishda ish qidirishga yordam bera oladi!

  • Manzil : Muhammad Iqbol ko'chasi 11-uy

  • Email : cace@buxdu.uz

  • Telefon raqam : +998(65) 221-27-49

  • Biz haqimizda
  • Ko'p beriladigan savollar
  • Faxrli bitiruvchilar
  • OTM statistikasi
  • Ish topish
  • Tashkilot/Korxonalar
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Foto lavhalar
  • Video lavhalar
  • Bog'lanish
Copyright © 2026 by MEME CODER +998 93 478 68 81
AI Assistant
Online

Salom! Sizga qanday yordam bera olaman?