BuxDUda sport yutuqlari ko‘rgazmasi: Mehmonlar talabalar salohiyatiga yuqori baho berdilar
BuxDUda sport yutuqlari ko‘rgazmasi: Mehmonlar talabalar salohiyatiga yuqori baho berdilar.
Tadbirga tashrif buyurgan viloyat Sport boshqarmasi mas’ullari, nufuzli sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari rahbarlari “Universal” sport majmuasida mavzu doirasida tayyorlangan ko'rgazma bilan yaqindan tanishdilar.
Buxoro davlat universiteti Sport va san’at fakultetida bitiruvchi talabalarning bandligini ta’minlash va ularni bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirish maqsadida “Karyera kuni” tadbiri o‘tkazildi.
Joriy yilda fakultetni 170 nafar talabaning bitirishi kutilmoqda. Tadbirda 18 ta ish beruvchi tashkilot ishtirok etib, bitiruvchilarga 54 dan ortiq vakant ish o‘rinlarini taqdim etdi hamda mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.
Unda fakultetning 120 nafar bitiruvchi talabasi qatnashib, ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Tadbir yakunlari bo‘yicha 13 ta o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi. Shuningdek, 9 ta amaliyot shartnomasi hamda 32 nafar bitiruvchining ishga joylashishi bo‘yicha shartnomalar tuzildi.
Mazkur tadbir bitiruvchilarning bandligini ta’minlash va ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatiga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Tadbir qizg‘in davom etmoqda.