• Biz haqimizda
    • Ko'p beriladigan savollar
    • OTM statistikasi
    • Faxrli bitiruvchilar
  • Yangiliklar
    • Foto lavhalar
  • Maqolalar
  • Ish topish
  • Tashkilot/Korxonalar
  • Rezyumelar
  • Rezyume to'ldirish
  • Bog'lanish
Kirish

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • BuxDUda yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik: Jismoniy tarbiya va sport fakultetida yig‘ilish bo'lib o'tdi
28.08.2025

BuxDUda yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik: Jismoniy tarbiya va sport fakultetida yig‘ilish bo'lib o'tdi

BuxDUda yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik: Jismoniy tarbiya va sport fakultetida yig‘ilish bo'lib o'tdi

27-avgust kuni Buxoro davlat universiteti Jismoniy tarbiya va sport fakultetida 2025–2026-o‘quv yilini samarali tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. BuxDU rektori Obidjon Xamidov boshchiligidagi ishchi guruh fakultet kafedralari faoliyatini o‘rganib, ta’lim jarayonining sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, bitiruvchilar bandligini ta’minlash, sportchi talabalar tayyorgarligini kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Yig‘ilishda o‘quv ishlari samaradorligi muhokama qilinib, 2025–2026-o‘quv yili uchun qabul kvotalari va natijalari, fan syllabusi va o‘quv rejalarining takomillashtirilishi, o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalarini samarali tashkil etish bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, sport mashg‘ulotlari sifati, trenerlik maktabini rivojlantirish, ustoz-shogird an’analarini kengaytirish hamda xalqaro akkreditatsiya jarayonlari natijalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi ham ko‘rib chiqildi. Fakultetda talabalarning ma’naviy olamini boyitish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni kengaytirish, sportchilar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berildi.

Shuningdek, yig‘ilish doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat tizimini kuchaytirish masalalari muhokama qilinib, fakultetda halollik tamoyillarini mustahkamlash va ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar taqdim etildi.

Tadbir yakunida fakultetda yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash, ta’lim, ilm-fan va sport sohasida innovatsion yondashuvlarni qo‘llash, sport to‘garaklarini jonlantirish, talabalar ishtirokini ko‘paytirish, bitiruvchi talabalarning imtiyozli kreditlar orqali o‘z bandligini ta’minlashini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli davom ettirishga qaratilgan kompleks vazifalar belgilab olindi.

Kategoriyalar

  • yarmarka 39
  • ko'rgazma 2
  • karyera kuni 26
  • Seminar trening 11
  • E'lon 3
  • munozara 5
  • Koordinator faoliyati 1
  • kelishuv 8
  • uchrashuv 36
  • hokim bilan uchrashuv 33
  • tanlov 2
  • Xotira 1
  • Xordiq 1
  • korrupsiya 1

HashTaglar

"Kapital bank" Buxoro filiali mehmonxona korr korrupsiya ishonch I.Karimovni eslab Buxoro Davlat Universiteti Koordinator faoliyati mahorat darsi Hokim bilan uchrashuv British American Tobacco Uzbekistan Biznesda_yoshlar karyera kuni - 2024 "ARTEL KOMPANIYASI" BUXORO FILIALI "Ekvatorial Chodak" tekstil korxonasi Karyera kuni “WORLD EDU 2023” O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim fav va Innovatsion vazirligiI Ochik eshiklar Buxoro xalqaro aeroporti bilan kelishuv uzbat xalqaro korxona Biznesda_yoshlar hisobot kelishuv UZBAT BuxDU munozara Munozara_viloyat_bosqichi_saralash yarmarka tanlov energetika Biznes marafon “SOF EXPO SAMARKAND” uchrashuv Buxoro Agroklaster Buxoro Varnet munozara maktab Reikartz mehmonxonasi
Yangi ish o'rinlari va bildirishnomalar haqida yangilanishlarni olish uchun hoziroq elektron pochta obunamizga qo'shiling

Karyera markazi sizga imkoniyatingiz va sharoitingizga mos ravishda ish qidirishga yordam bera oladi!

  • Manzil : Muhammad Iqbol ko'chasi 11-uy

  • Email : cace@buxdu.uz

  • Telefon raqam : +998(65) 221-27-49

  • Biz haqimizda
  • Ko'p beriladigan savollar
  • Faxrli bitiruvchilar
  • OTM statistikasi
  • Ish topish
  • Tashkilot/Korxonalar
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Foto lavhalar
  • Video lavhalar
  • Bog'lanish
Copyright © 2025 by MEME CODER +998 93 478 68 81