
BuxDUda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda
BuxDUda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda
2025–2026-o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov boshchiligidagi ishchi guruh faoliyat olib bormoqda. Guruh fakultetlar kesimida tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganib, tegishli tavsiyalar bermoqda.
Bugun Xorijiy tillar fakultetida shu maqsadda kafedralar kesimida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda bitiruvchilar bandligini ta’minlash, til bilish bo‘yicha sertifikatlarni yangilash, xalqaro Scopus jurnallarida maqolalar chop etish, GPA ko‘rsatkichlarini oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda boshqa dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. Yig‘ilish yakunida fakultet jamoasiga aniq vazifalar belgilab berildi.