Buxoro davlat universiteti Bandlik va karyera bo'limi hamda "Fizika va matematika fakulteti" 1-1.2MAT-25 talabalari o'rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Buxoro davlat universiteti Bandlik va karyera bo'limi hamda "Fizika va matematika fakulteti" 1-1.2MAT-25 talabalari o'rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalarga Bandlik va karyera bo'limining asosiy maqsadi, faoliyati va bitiruvchi yoshlarni ish bilan ta'minlashda amalga oshirilayotgan amaliy ko'mak mexanizmlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Uchrashuvda talabalarga o'qish davrida amaliy tajriba orttirish, kasbiy yo'nalishlarini to'g'ri tanlash hamda bitiruvdan so'ng mehnat bozorida o'z o'rnini topish imkoniyatlari haqida ma'lumotlar berildi. Shuningdek, "Karyera maktabi_BuxDU" loyihasining mazmuni va talabalarga yaratayotgan imkoniyatlari ham keng targ'ib qilindi.
Tadbir davomida talabalarning o'zlarini qiziqtirgan savollar tinglanib, ularga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
Uchrashuv yakunida Careercentre.uz platformasida ro'yxatdan o'tishning ahamiyati alohida ta'kidlandi. Ushbu platforma orqali talabalarning ma'lumotlari ish beruvchilar uchun ochiq bo'lib, bu ularning kelajakda ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirishi haqida ma'lumot berildi.