Buxoro davlat universiteti Bandlik va karyera bo'limi hamda "Kelajakka qadam" markazi tashabbusi bilan bitiruvchilar va "Buxara Varnet" rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi.
Buxoro davlat universiteti Bandlik va karyera bo'limi hamda "Kelajakka qadam" markazi tashabbusi bilan bitiruvchilar va "Buxara Varnet" rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi.
"Buxara Varnet" direktori Beshim Hamroyev tomonidan bitiruvchilarga korxonaning asosiy ishlab chiqarish yo'nalishlari, ish tartibi, mehnat sharoitlari va mavjud bo'sh ish o'rinlari haqida batafsil ma'lumot berildi. Shuningdek, Buxoro davlat universiteti Bandlik va karyera bo'limi mutaxassislari va Buxoro viloyati "Kelajakka qadam" markazi xodimlari ham uchrashuvda ishtirok etib, talabalar bilan bevosita muloqot olib bordilar.
Uchrashuvda bitiruvchilarga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-61-son (https://www.lex.uz/uz/docs/-7386917) hamda PQ-328-son (https://lex.uz/uz/docs/-7808442) (PQ-61-son qaroriga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi) qarorlari — bitiruvchilarga kredit olish jarayoni, talab qilinadigan hujjatlar va amaliy tartib bosqichma-bosqich tushuntirib berildi.
Bitiruvchilar ish joylarini bevosita ko'zdan kechirish, o'zlarini qiziqtirgan savollarni berish va rahbariyatdan to'g'ridan-to'g'ri javob olish imkoniga ega bo'ldilar.
Uchrashuv so'ngida Bandlik va karyera bo'limi mutaxassisi A.Temirov hamda "O'zmilliybank" AJ xodimi A.Hayitov tomonidan bitiruvchilarga amaliyot o'tash chog'ida stajirovka to'lovlari to'lab berilishi haqida aniq ma'lumotlar taqdim etildi.
Mazkur uchrashuv bitiruvchilar bandligini ta'minlash, ularni ishlab chiqarish jarayonlariga jalb etish hamda talabalarning amaliy tajribasini oshirishga xizmat qiladi.