Buxoro davlat universiteti Bandlik va karyera bo'limi hamda "Kelajakka qadam" markazi xodimlari Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti bitiruvchi talabalari bilan...
Buxoro davlat universiteti Bandlik va karyera bo'limi hamda "Kelajakka qadam" markazi xodimlari Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti bitiruvchi talabalari bilan navbatdagi targ'ibot uchrashuvini tashkil etdi.
Tadbir davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-61-son (https://www.lex.uz/uz/docs/-7386917) hamda PQ-328-son (https://lex.uz/uz/docs/-7808442) (PQ-61-son qaroriga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi) qarorlari — bitiruvchilar bandligini ta'minlash mexanizmlari, bitiruvchilarga kredit olish jarayoni, talab qilinadigan hujjatlar va amaliy tartib bosqichma-bosqich tushuntirib berildi hamda "Kelajak tadbirkori" dasturi bo'yicha bitiruvchilarga batafsil ma'lumotlar berildi.
Uchrashuv davomida qaror asosidagi imkoniyatlar, kreditlarni olish tartibi va shartlari bo'yicha muhim ma'lumotlar taqdim etildi.
Talabalarga mazkur jarayonda "Kelajakka qadam" markazi xodimlari tomonidan to'liq amaliy ko'mak ko'rsatilishi ta'kidlandi.
Yakunda talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
"Kelajakka qadam" markazi xodimlariga murojaat uchun:
Bandlik va karyera bo'limi: +998652212749
A.Hayitov (O'zmilliybank AJ) xodimi: +998914402261