Buxoro davlat universiteti Bandlik va karyera bo'limi hamda "Kelajakka qadam" markazi xodimlari tomonidan Iqtisodiyot va turizm fakulteti bitiruvchi talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Buxoro davlat universiteti Bandlik va karyera bo'limi hamda "Kelajakka qadam" markazi xodimlari tomonidan Iqtisodiyot va turizm fakulteti bitiruvchi talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-61-son (https://www.lex.uz/uz/docs/-7386917) hamda PQ-328-son (https://lex.uz/uz/docs/-7808442) (PQ-61-son qaroriga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi) qarorlari — bitiruvchilar bandligini ta'minlash mexanizmlari, bitiruvchilarga kredit olish jarayoni, talab qilinadigan hujjatlar va amaliy tartib bosqichma-bosqich tushuntirib berildi hamda "Kelajak tadbirkori" dasturi bo'yicha bitiruvchilarga batafsil ma'lumotlar berildi.
Uchrashuv davomida qarorlar asosida yaratilgan imkoniyatlar, kredit olish tartibi va shartlari yuzasidan muhim tushuntirishlar berildi.
"Kelajakka qadam" markazi xodimlari tomonidan bitiruvchilarga hujjatlarni rasmiylashtirish va loyihalarni shakllantirishda amaliy ko'mak berilishi alohida ta'kidlandi.
Eng muhim jihat sifatida, mutaxassislar tomonidan har bir bitiruvchi talaba bilan individual tarzda suhbatlar olib borilib, ularning bandligi, kasbiy rejalari va ishga joylashish imkoniyatlari yuzasidan aniq tavsiyalar berildi.
đź’¬ Yakunda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olib, kelajakdagi faoliyatlari uchun muhim yo‘nalishlarga ega bo‘ldilar.
"Kelajakka qadam" markazi xodimlariga murojaat uchun:
Bandlik va karyera bo'limi: +998652212749
A.Hayitov (O'zmilliybank AJ) xodimi: +998914402261