Buxoro davlat universiteti Bandlik va karyera bo'limi hamda "Tadbirkor ayol" O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi Buxoro viloyati hududiy bo'linmasi raisi Dilbar Axmedova...
Buxoro davlat universiteti Bandlik va karyera bo'limi hamda "Tadbirkor ayol" O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi Buxoro viloyati hududiy bo'linmasi raisi Dilbar Axmedova tomonidan bitiruvchilar va "Malika Sultan" rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-61-son hamda PQ-328-son (PQ-61-son qaroriga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi) qarorlari — bitiruvchilar bandligini ta'minlash mexanizmlari, bitiruvchilarga kredit olish jarayoni, talab qilinadigan hujjatlar va amaliy tartib bosqichma-bosqich tushuntirib berildi hamda "Tadbirkor ayol" O'zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi Buxoro viloyati hududiy bo'linmasi raisi Dilbar Axmedova ish joylarini bitiruvchilarga tanishtirdi va "Yangi biznes g'oyalar yaratish" mavzusi bo'yicha seminar-trening tashkil etildi.
Uchrashuv davomida qaror asosidagi imkoniyatlar, kreditlarni olish tartibi va shartlari bo'yicha muhim ma'lumotlar taqdim etildi.
Talabalarga mazkur jarayonda "Kelajakka qadam" markazi xodimlari tomonidan to'liq amaliy ko'mak ko'rsatilishi ta'kidlandi.
Shuningdek, tadbir davomida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilarini ish bilan ta'minlashda buyurtmachilar ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori (https://lex.uz/ru/docs/-7982830) bo'yicha bitiruvchi talabalarga tushuntirishlar berildi.
"Kelajakka qadam" markazi xodimlariga murojaat uchun:
Bandlik va karyera bo'limi: +998652212749
A.Hayitov (O'zmilliybank AJ) xodimi: +998914402261