Buxoro davlat universiteti Bandlik va karyera bölimi hamda Yoşlar işlari işlari agentligi hamkorligida taşkil etilgan "KARYERA MAKTABI_BUXDU" klubi...
Buxoro davlat universiteti Bandlik va karyera bölimi hamda Yoşlar işlari işlari agentligi hamkorligida taşkil etilgan "KARYERA MAKTABI_BUXDU" klubining navbatdagi oflayn darsi bölib ötdi!
Maşğulot davomida talabalar bilan intervyu savollari, ularga töğri va samarali javob beriş böyiça STAR metodikasi asosida amaliy treninglar ötkazildi. Şuningdek, muloqot va tezkor fikrlaş könikmalarini mustahkamlaşga qaratilgan interaktiv öyinlar taşkil etildi.
Uşbu maşğulotlar orqali bitiruvçi talabalar uçun "Biznes ğoyadan tayyor loyihagaça" mavzusida ğoyalar almaşildi, şuningdek talabalar nafaqat intervyu topşiriş böyiça amaliy könikmalarga ega bölişdi, balki:
— jamoada samarali işlaş;
— öz fikrini ravon ifoda eta oliş;
— vaziyatdan çiqişning moslaşuvçan yöllarini topiş;
— liderlik va taşabbuskorlik qobiliyatlarini mustahkamlaş imkoniyatiga ega böldilar.
Karyera maktabi maşğulotlari talabalarning bölajak kasbiy yönalişida öziga bölgan işonçini oşiriş, mehnat bozorida raqobatbardoş bölişlari uçun zarur bilim va könikmalarni şakllantirişga xizmat qilmoqda.
Biz bilan birga böling — yangi imkoniyatlar sari dadil qadam taşlang!