• Biz haqimizda
    • Ko'p beriladigan savollar
    • OTM statistikasi
    • Faxrli bitiruvchilar
  • Yangiliklar
    • Foto lavhalar
  • Maqolalar
  • Ish topish
  • Tashkilot/Korxonalar
  • Rezyumelar
  • Rezyume to'ldirish
  • Bog'lanish
Kirish

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Buxoro davlat universiteti Bandlik va karyera bo'limi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan universitet talabalari uchun "Shamshirgaron Effekt"...
30.10.2025

Buxoro davlat universiteti Bandlik va karyera bo'limi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan universitet talabalari uchun "Shamshirgaron Effekt"...

Buxoro davlat universiteti Bandlik va karyera bo'limi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan universitet talabalari uchun "Shamshirgaron Effekt" korxonasi rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Bandlik va karyera bo'limi mutaxassislari "Kelajakka qadam" markazi xodimlari, Yoshlar ittifoqi yetakchilari va volontyorlari, shuningdek korxona mas'ullari ishtirok etib, talabalarga korxonaning asosiy faoliyati, ishlab chiqarish yo'nalishlari, mehnat tartibi, mavjud bo'sh ish o'rinlari hamda talabalar uchun yaratilgan maxsus imkoniyatlar haqida batafsil ma'lumot berishdi.

Tadbir davomida talabalarga ishlab chiqarish jarayonlari, ish muhiti va o'qish bilan ishlashni birgalikda olib borish mexanizmlari tushuntirib berildi. Talabalar korxona vakillari bilan yuzma-yuz muloqot qilib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Tadbirda Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi, liderlari va volontyorlari ham faol qatnashib, tashabbuskorlik va faollik namunalarini ko'rsatdi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi — talabalarning real ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishishi, bandlik imkoniyatlarini kengaytirish va ularning amaliy ko'nikmalarini oshirishdir.

Bandlik va karyera bo'limi yoshlarning kasbiy yo'nalishini mustahkamlash, ularni amaliy tajribaga ega bo'lishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish yo'lida tadbirlar va mehnat yarmarkalarini tashkillashtirishda davom etadi.

Kategoriyalar

  • yarmarka 39
  • ko'rgazma 2
  • karyera kuni 26
  • Seminar trening 11
  • E'lon 3
  • munozara 5
  • Koordinator faoliyati 1
  • kelishuv 8
  • uchrashuv 36
  • hokim bilan uchrashuv 33
  • tanlov 2
  • Xotira 1
  • Xordiq 1
  • korrupsiya 1

HashTaglar

"Kapital bank" Buxoro filiali mehmonxona korr korrupsiya ishonch I.Karimovni eslab Buxoro Davlat Universiteti Koordinator faoliyati mahorat darsi Hokim bilan uchrashuv British American Tobacco Uzbekistan Biznesda_yoshlar karyera kuni - 2024 "ARTEL KOMPANIYASI" BUXORO FILIALI "Ekvatorial Chodak" tekstil korxonasi Karyera kuni “WORLD EDU 2023” O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim fav va Innovatsion vazirligiI Ochik eshiklar Buxoro xalqaro aeroporti bilan kelishuv uzbat xalqaro korxona Biznesda_yoshlar hisobot kelishuv UZBAT BuxDU munozara Munozara_viloyat_bosqichi_saralash yarmarka tanlov energetika Biznes marafon “SOF EXPO SAMARKAND” uchrashuv Buxoro Agroklaster Buxoro Varnet munozara maktab Reikartz mehmonxonasi
Yangi ish o'rinlari va bildirishnomalar haqida yangilanishlarni olish uchun hoziroq elektron pochta obunamizga qo'shiling

Karyera markazi sizga imkoniyatingiz va sharoitingizga mos ravishda ish qidirishga yordam bera oladi!

  • Manzil : Muhammad Iqbol ko'chasi 11-uy

  • Email : cace@buxdu.uz

  • Telefon raqam : +998(65) 221-27-49

  • Biz haqimizda
  • Ko'p beriladigan savollar
  • Faxrli bitiruvchilar
  • OTM statistikasi
  • Ish topish
  • Tashkilot/Korxonalar
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Foto lavhalar
  • Video lavhalar
  • Bog'lanish
Copyright © 2025 by MEME CODER +998 93 478 68 81