Buxoro davlat universiteti Bandlik va karyera bo‘limi mutaxassislari tomonidan bitiruvchi talabalar bilan individual tarzda suhbat olib borilmoqda.
Buxoro davlat universiteti Bandlik va karyera bo‘limi mutaxassislari tomonidan bitiruvchi talabalar bilan individual tarzda suhbat olib borilmoqda.
Uchrashuv davomida bitiruvchilar bandligini ta’minlash, kelajak kasblari va ularning kasbiy rejalari yuzasidan muhim suhbatlar olib borildi. Bandlik va karyera bo‘limi mutaxassislari tomonidan har bir bitiruvchi talaba bilan birma-bir muloqot qilinib, ularning bandlik holati, kasbiy rejalari va ishga joylashish imkoniyatlari bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, PQ-61-son qarori hamda PQ-328-son qarori asosida yaratilgan imkoniyatlar, bitiruvchilar bandligini ta’minlash mexanizmlari, kredit olish tartibi va shartlari, talab etiladigan hujjatlar hamda amaliy jarayonlar bosqichma-bosqich tushuntirib berildi. Bundan tashqari, “Kelajak tadbirkori” dasturi doirasidagi imkoniyatlar haqida ham batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Uchrashuv davomida bitiruvchilarga Career Edu platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish, rezyume yuklash hamda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot olish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar olib borildi.
Bitiruvchilar, shuningdek, Vacancy.argos.uz platformasi orqali bo‘sh ish o‘rinlariga onlayn ariza topshirish tartibi hamda suhbat jarayonidagi umumiy savollarga tayyorlanish bo‘yicha zarur ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Yakunda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olib, kelgusidagi kasbiy faoliyatlari va bandlik masalalarida muhim tavsiyalar hamda yo‘nalishlarga ega bo‘ldilar.