Buxoro davlat universiteti Bandlik va karyera bo'limi tashabbusi bilan Filologiya va tillarni o'qitish fakultetida Prezidentimizning PQ-61-sonli qarori va...
Buxoro davlat universiteti Bandlik va karyera bo'limi tashabbusi bilan Filologiya va tillarni o'qitish fakultetida Prezidentimizning PQ-61-sonli qarori va “Karyera maktabi_BuxDU” loyihasi targ'iboti ishlari olib borildi.
Uchrashuvda talabalar Bandlik va karyera bo‘limi faoliyati, o‘qish davrida bandlikni ta’minlash yo‘llari hamda amaliy yordam ko‘rsatish tartibi haqida batafsil axborot olishdi.
Shuningdek, Buxoro davlat universiteti "Kelajakka qadam" markazi xodimlari muhtaram Prezidentimizning 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli qarori mazmun mohiyatini va shu qarorga asosan bitiruvchi talabalarga imtiyozli kreditlar hamda ishga joylashish imkoniyatlari haqida aniq tushuntirishlar berildi.
Shu bilan birga Yoshlar ishlari agentligi hamda BuxDU Bandlik va karyera bo'limi hamkorligida tashkil etilayotgan “Karyera maktabi_BuxDU” loyihasi targ‘iboti ham olib borilib, loyiha doirasida barcha fakultetlardan jami 100 ga yaqin talabaning jalb etilgani, loyiha faoliyatiga qo'shimcha ravishda qanday qo'shilish mumkinligi tushuntirildi.
Ma'lumotlar berish jarayonida talabalar bilan fikr almashildi va loyiha doirasidagi ishtirokchilar uchun sertifikatlar, guvohnomalar va faol talabalarga esdalik sovg'alari taqdim etilishi haqida axborot berildi.
Ushbu tashabbus talabalarning kasbiy yo‘lini belgilash, ularni amaliyotga yo‘naltirish va mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar sifatida shakllantirishga qaratilgan muhim qadamdir.