Buxoro davlat universiteti Bandlik va karyera bo'limi tashabbusi bilan "Kelajakka qadam" markazi xodimlari...
Buxoro davlat universiteti Bandlik va karyera bo'limi tashabbusi bilan "Kelajakka qadam" markazi xodimlari Filologiya va tillarni o'qitish fakulteti bitiruvchi talabalari bilan navbatdagi targ'ibot uchrashuvini tashkil etdi.
Uchrashuv davomida talabalarga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-61-son hamda PQ-328-son (PQ-61-son qaroriga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi) qarorlarining mazmun-mohiyati, ya'ni bitiruvchilar bandligini ta'minlash mexanizmlari, "O'zmilliybank" AJ tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozli kreditlar, ularni rasmiylashtirish tartibi va zarur hujjatlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, Bandlik va karyera bo'limi tomonidan BuxDU talabalari uchun ingliz tili kurslari yo'lga qo'yilgani haqida ham ma'lum qilindi.
Til ko‘nikmalarini rivojlantirishga,
Bandlik imkoniyatlarini kengaytirishga,
Xalqaro sertifikatlarga tayyorlanishga xizmat qilishi ta'kidlandi.
Gen Z o'quv markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bu kurslar talabalarga o'z salohiyatini oshirish uchun keng imkoniyat yaratadi.
"Kelajakka qadam" markazi xodimlariga murojaat uchun:
Bandlik va karyera bo'limi: +998652212749
A.Hayitov (O'zmilliybank AJ) xodimi: +998914402261
Uchrashuv davomida bitiruvchi talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar hamda kelajak kasbiy faoliyatlariga doir muhim yo'nalishlar bo'yicha amaliy tavsiyalar bilan tanishdilar.