Buxoro davlat universiteti Bandlik va karyera bo'limi tashabbusi bilan San'atshunoslik va pedagogika fakultetiga...
Buxoro davlat universiteti Bandlik va karyera bo'limi tashabbusi bilan San'atshunoslik va pedagogika fakultetiga tashrif buyurilib, talabalar bilan mazmunli uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida talabalarga Bandlik va karyera bo'limining asosiy faoliyati, imkoniyatlari va ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan "Karyera maktabi_BuxDU" (https://t.me/karyera_BuxDU) loyihasi keng targ'ib qilinib, 110 ga yaqin faol talabalar ushbu loyihaga jalb etilgani ta'kidlandi.
Tadbir davomida 2025-yil 8-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o'tkazilgan yig‘ilishda oliy ta'lim bitiruvchilarining bandligini ta'minlash borasida berilgan topshiriqlar, shuningdek, 12-sentyabr kuni Toshkent shahrida bo'lib o'tgan yig'ilishda belgilangan vazifalar haqida ham bitiruvchi talabalarga batafsil tushuntirishlar berildi.
Uchrashuvda Careercentre.uz platformasida ro'yxatdan o'tishning ahamiyati alohida ta'kidlandi. Ushbu platforma orqali talabalarning ma'lumotlari ish beruvchilarga ko'rinishi va bu ularning kelajakda ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirishi haqida ma'lumot berildi.
"Hurmatli talabalar, kelajagingizni bugundan o'ylang! Tez fursatda Careercentre.uz platformasida ro'yxatdan o‘tib, kasbiy yo'lingizni shakllantiring" deya talabalarni faollikka chorlov berildi.