Buxoro davlat universiteti Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakultetida bitiruvchi talabalar ishtirokida “Karyera kuni – 2026” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Buxoro davlat universiteti Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakultetida bitiruvchi talabalar ishtirokida “Karyera kuni – 2026” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bandligini ta’minlash hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi. Yarmarka universitetning Bandlik va karyera bo‘limi hamkorligida tashkil etilib, unda viloyatdagi davlat va xususiy sektor vakillari o‘zlarining mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.
Tadbirda jami 287 nafar bitiruvchi talaba qatnashdi. Shuningdek, 28 ta davlat umumta’lim maktabi, 3 ta xususiy maktab hamda 4 ta tijorat banki vakillari ishtirok etib, bitiruvchilarga mavjud ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari va ishga qabul qilish tartiblari haqida ma’lumotlar berdi.
Yarmarka davomida bitiruvchilar va ish beruvchilar o‘rtasida bevosita muloqotlar tashkil etildi hamda natijada 18 ta mehnat shartnomasi joyida imzolandi.
Mazkur tadbir bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasbiy faoliyatga yo‘naltirish hamda ish beruvchilar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Prezident topshirig'i ijrosi - amalda!