Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov hamda "O'zmilliybank" AJ Buxoro filiali rahbari o'rinbosari ishtirokida muhim yig'ilish o'tkazildi.
Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov hamda "O'zmilliybank" AJ Buxoro filiali rahbari o'rinbosari ishtirokida muhim yig'ilish o'tkazildi.
Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son qarori mazmun-mohiyati hamda "O'zmilliybank" AJ tomonidan bitiruvchi talabalarga ajratilayotgan imtiyozli kreditlar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Yig'ilish davomida O'quv ishlari bo'yicha prorektor R.G'.Jumayev so'zga chiqib, 2023–2024 hamda 2024–2025-yillarda bitiruvchilarning bandlik darajasi va respublika Oliy ta'lim muassasalarida imtiyozli kreditni rasmiylashtirgan bitiruvchilar bo'yicha aniq statistik ma'lumotlarni taqdim etdi. Ushbu ma'lumotlar asosida kelgusidagi aniq vazifalar va ustuvor yo'nalishlar belgilab olindi.
Shuningdek, yig'ilish davomida bo'lim rahbarlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o'qituvchilar hamda tyutorlar uchun mazkur qarorni chuqur o'rganish va amalda samarali tatbiq etish bo'yicha topshiriqlar berildi.