Buxoro davlat universiteti Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakultetida bitiruvchi talabalar ishtirokida “Karyera kuni – 2026” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Buxoro davlat universiteti Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakultetida bitiruvchi talabalar ishtirokida “Karyera kuni – 2026” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bandligini ta’minlash hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi. Yarmarka universitetning Bandlik va karyera bo‘limi hamkorligida tashkil etilib, unda viloyatdagi 10 dan ortiq davlat va xususiy sektor vakillari o‘zlarining mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.
Yarmarka davomida fakultetning 273 nafar bitiruvchilari ishtirok etdi va ish beruvchilar o‘rtasida bevosita muloqotlar tashkil etildi hamda natijada 15 ta mehnat shartnomasi joyida imzolandi. Shuningdek, 6 nafar bitiruvchilar imtiyozli kredit olish istagini bildirdi.
Mazkur tadbir bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasbiy faoliyatga yo‘naltirish hamda ish beruvchilar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Prezident topshirig'i ijrosi - amalda!