Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakultetida bitiruvchi talabalar ishtirokida “Karyera kuni – 2026” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakultetida bitiruvchi talabalar ishtirokida “Karyera kuni – 2026” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bandligini ta’minlash hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi. Yarmarka universitetning Bandlik va karyera bo‘limi hamkorligida tashkil etilib, 30 dan ziyod davlat va xususiy ish beruvchi tashkilotlar ishtirok etdi.
Yarmarka davomida fakultetning 200 nafardan ortiq bitiruvchilari ishtirok etdi va ish beruvchilar o‘rtasida bevosita muloqotlar tashkil etildi hamda natijada 19 nafar talaba bilan mehnat shartnomasi joyida imzolandi. Shuningdek, bir qator bitiruvchilar imtiyozli kredit olish istagini bildirdi. Nemis tili akademiyasi va Buxoro shahar 2-son texnikumi bilan hamkorlik shartnomasi tuzildi.
Mazkur tadbir bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasbiy faoliyatga yo‘naltirish hamda ish beruvchilar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Prezident topshirig'i ijrosi - amalda!
PAYSHANBA - YOSHLAR KUNI