Buxoro davlat universitetida “Adolat sayli” huquqiy-ma’rifiy festivali boshlandi
Buxoro davlat universitetida “Adolat sayli” huquqiy-ma’rifiy festivali boshlandi
Bugun, 25-iyun kuni Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” aksiyasi doirasida Buxoro davlat universitetida keng ko‘lamli “Adolat sayli” tadbiri tashkil etilgan.
Ayni damda universitet hududida festival doirasida talaba-yoshlar va fuqarolarni qiynayotgan huquqiy masalalarni hal etish, ularning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan qator amaliy xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Tadbirda adliya organlari mutasaddilari, “Madad” NNT vakillari hamda nufuzli ish beruvchi tashkilotlar ishtirok etib, murojaatchilar bilan bevosita muloqot qilmoqdalar.
Sayl davomida ishtirokchilar bepul huquqiy maslahatlar, sayyor davlat xizmatlari, FHDY va notarial idora xodimlari ko‘magidan bevosita foydalanishmoqda. Shuningdek, universitet olimlari va iqtidorli talabalari uchun intellektual mulk obyektlarini himoya qilish bo‘yicha tushuntirishlar berilib, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi orqali bitiruvchilarning bandligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Ushbu tadbir yoshlarning huquqiy ongini yuksaltirish va jamiyatda qonun ustuvorligini mustahkamlashda muhim platforma bo‘lishi bilan ahamiyatlidir.