Buxoro davlat universitetida Bandlik va karyera bo'limi tomonidan bitiruvchi talabalar uchun navbatdagi muhim uchrashuv tashkil etildi.
Buxoro davlat universitetida Bandlik va karyera bo'limi tomonidan bitiruvchi talabalar uchun navbatdagi muhim uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda "Ishonch" korxonasi vakillari ishtirok etib, o'z faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari hamda mavjud 45 dan ziyod bo'sh ish o'rinlari haqida batafsil ma'lumotlar taqdim etdilar. Shuningdek, korxona tomonidan ko'rgazmalar tashkil etilib, talabalar uchun amaliy jihatdan muhim tushunchalar berildi.
Uchrashuv davomida bitiruvchilar:
Korxona faoliyati bilan yaqindan tanishish,
Mavjud vakant ish o'rinlari haqida batafsil ma'lumot olish,
Ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish,
O'z rezyumelarini topshirish orqali ishga joylashish imkoniyatlarini ko'rib chiqish imkoniga ega bo'ldilar.
Shuningdek, korxona vakillari tomonidan ishga topshirish tartibi, talab etiladigan hujjatlar hamda tanlov bosqichlari yuzasidan zaruriy tavsiyalar va yo'riqnomalar berildi.
Mazkur uchrashuvda 75 nafar bitiruvchi talabalar ishtirok etib, ular uchun ushbu uchrashuv o'z kasbiy faoliyatini boshlashda muhim qadam bo'lib, ularning bandligini ta'minlashga xizmat qiluvchi muhim ahamiyat kasb etadi.