Buxoro davlat universitetida “Karyera maktabi_BuxDU” loyihasi targ‘iboti boshlandi!
Buxoro davlat universitetida “Karyera maktabi_BuxDU” loyihasi targ‘iboti boshlandi!
Bugun Buxoro davlat universiteti Bandlik va karyera bo‘limi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilayotgan “Karyera maktabi_BuxDU” loyihasi doirasida targ‘ibot ishlariga start berildi.
Tadbir davomida loyiha faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida koordinator va faol talabalar uchun amaliy ko‘rsatmalar berildi, ularning fikr va g‘oyalari tinglanib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan takliflar almashildi.
Shuningdek, yig‘ilishda muhtaram Prezidentimizning PQ–61-sonli qarori asosida ishlab chiqilgan “Kelajakka qadam” dasturining mazmun-mohiyati haqida ham talabalarga batafsil tushunchalar berildi. Ushbu dastur doirasida yoshlarning bandligini ta’minlash, kasbiy yo‘nalishlarini belgilash va mehnat bozoriga tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumotlar yetkazildi.
Mazkur loyiha — talabalarning o‘z sohasida yetuk mutaxassis bo‘lib shakllanishi, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishi va kelajak karyerasini puxta rejalashtirishida muhim o‘rin tutadi.
“Karyera maktabi_BuxDU” — bu yoshlarning kelajakka dadil qadam tashlashi, o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishiga yo‘l ochadigan yangi imkoniyatlar maydonidir!