Buxoro davlat universitetida “Karyera maktabi_BuxDU” o‘z faoliyatini boshladi!
Buxoro davlat universitetida “Karyera maktabi_BuxDU” o‘z faoliyatini boshladi!
Bugun Buxoro davlat universitetida Bandlik va karyera bo‘limi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilgan “Karyera maktabi_BuxDU” loyihasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida loyihaning asosiy maqsad va vazifalari, shuningdek, yoshlarning kasbiy yo‘nalishini belgilash, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Bandlik va karyera bo‘limi mutaxassislari tomonidan talabalar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar, o‘quv jarayoni bilan bir qatorda amaliy tajriba orttirish yo‘llari, rezyume tuzish va intervyu jarayonlariga tayyorgarlik bo‘yicha foydali ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, “Karyera maktabi” faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida koordinator va faol talabalar bilan birgalikda dastlabki yo‘riqnoma va tavsiyalar berildi. Ular orqali loyiha doirasida karyera bo‘yicha treninglar, amaliy mashg‘ulotlar hamda ish beruvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
“Karyera maktabi_BuxDU” — bu nafaqat bilim, balki amaliy tajriba va kelajakdagi muvaffaqiyatli karyera sari tashlangan muhim qadamdir.
Maqsadimiz — Buxoro yoshlari orasida kasbiy rivojlanish madaniyatini shakllantirish, ularning bandligini ta’minlash hamda mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar safini kengaytirishdir.