Buxoro davlat universitetiga o'qishga kirgan Qoraqalpog‘istonlik talabalar uchun tanishtiruv tadbiri tashkil etildi.
Buxoro davlat universitetiga o'qishga kirgan Qoraqalpog‘istonlik talabalar uchun tanishtiruv tadbiri tashkil etildi.
Uchrashuv davomida talabalarga Bandlik va karyera bo‘limining faoliyati keng yoritilib, o‘qish jarayonida bandligini ta’minlash, amaliyot va stajirovkalar orqali kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha muhim ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, ularga murojaat manzillari va qo‘llab-quvvatlash xizmatlari haqida aniq tushunchalar berilib, har bir talaba o‘zining karyera rejasini shakllantirishda amaliy yordam olishi mumkinligi ta’kidlandi.
Ushbu uchrashuv nafaqat tanishtiruv, balki talabalarning kelajakdagi maqsadlarini belgilash, imkoniyatlarni ko‘rish va o‘z yo‘lini to‘g‘ri tanlashda muhim qadamlardan biri bo‘ldi.