Buxoro shahar Kasbiy ko'nikmalar markazida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi migratsiya agetligi, litsenziyali xususiy bandlik agentliklari uyushmasi va viloyat hokimliklari hamkorligida...
Buxoro shahar Kasbiy ko'nikmalar markazida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi migratsiya agetligi, litsenziyali xususiy bandlik agentliklari uyushmasi va viloyat hokimliklari hamkorligida tashkil etilgan "Mehnat yarmarkasi" tadbiri hamda bitiruvchilar o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Mazkur "Mehnat yarmarkasi" bitiruvchilar va yoshlar uchun ko'plab hududiy korxonalarga shuningdek, Janubiy Koreya, Germaniya, Isroil, Bolgariya, Rossiya, Slovakiya, Xorvatiya, Turkiya kabi bir nechta nufuzli davlatlarda ishlash imkoniyatini taqdim etdi.
Shu bilan birga, Buxoro davlat universiteti Bandlik va karyera bo'limi bilan doimiy muloqotda bo'lgan bitiruvchi talabalar ham mazkur jarayonlarda faol ishtirok etib, o'zlari uchun mos keladigan ish o'rinlariga arizalar topshirishdi va o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
Mazkur uchrashuv bitiruvchi yoshlarning kelajagi uchun yangi qirralarni ochib, xalqaro mehnat bozoriga chiqishlarida muhim qadamlardan biri bo'lib xizmat qiladi.