Buxoro tuman hokimi va BuxDU bitiruvçi yoşlari örtasida oçiq muloqot bölib ötdi
Buxoro tuman hokimi va BuxDU bitiruvçi yoşlari örtasida oçiq muloqot bölib ötdi
Bugun, 9-iyun kuni Buxoro davlat universitetida Buxoro tumani hokimi Anvarjon Oçilov hamda uşbu tumanda istiqomat qiluvçi bitiruvçi talabalar iştirokida "Hokim va yoşlar" uçraşuvi taşkil etildi. Tadbirda universitet rahbariyati, tuman mas’ullari hamda yirik iş beruvçi korxona va taşkilotlar rahbarlari iştirok etişdi.
Uçraşuv avvalida universitet rektori Obidjon Xamidov bitiruvçi yoşlarning bandligini ta’minlaş borasidagi zamonaviy imkoniyatlar haqida töxtaldi. Xususan, talabalarga Vacancy.argos.uz hamda Career.edu.uz kabi raqamli platformalar orqali iş qidiriş, şaxsiy rezyumelarni joylaştiriş va böş iş örinlari haqida tezkor ma’lumot oliş tartiblari batafsil tuşuntirildi. Rektor yoşlarni mehnat bozorida raqobatbardoş böliş uçun uşbu platformalardan samarali foydalanişga çaqirdi.
Oçiq muloqot tarzida ötgan tadbirda talabalar özlarini qiziqtirgan savollar va bandlik masalasidagi takliflari bilan bevosita tuman hokimi hamda iş beruvçilarga murojaat qildilar. Masalan, Iqtisodiyot fakulteti bitiruvçisi Farrux Fatilloyev öqişini magistratura bosqiçida davom ettiriş bilan birga, bank sohasida amaliy tajriba orttiriş istagini bildirdi. Uning murojaati joyida körib çiqilib, Buxoro tumani Agrobank filiali tomonidan talabaga iş taklif qilindi. Muloqot davomida yana köplab bitiruvçilar mutaxassisliklari böyiça munosib iş örinlariga ega böldilar.