• Biz haqimizda
    • Ko'p beriladigan savollar
    • OTM statistikasi
    • Faxrli bitiruvchilar
  • Yangiliklar
    • Foto lavhalar
  • Maqolalar
  • Ish topish
  • Tashkilot/Korxonalar
  • Rezyumelar
  • Rezyume to'ldirish
  • Bog'lanish
Kirish

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Buxoro tuman hokimi va yoshlar uchrashuvi
08.04.2024

Buxoro tuman hokimi va yoshlar uchrashuvi

      Buxoro davlat pedagogika institutida Buxoro tumani hokimi Anvarjon Ochilov bilan viloyat oliy ta’lim muassasalarining Buxoro tumanida istiqomat qiladigan talaba yoshlarning bo‘sh ish o‘rinlari asosida ishga joylashtirish yuzasidan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda BuxDU Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha Birinchi prorektori A.Amonov hamda fakultet dekanlari, talaba yoshlar ishtirok etishdi.

      Uchrashuvda so‘z olgan tuman hokimi bugun yurtimizda yoshlarning zamonaviy ilm-fan va yuqori texnologiyalarni mukammal egallashi uchun amalga oshirilayotgan islohotlar va yaratib berilayotgan imkoniyatlar xususida o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdi. Viloyatimizda, qolaversa, Buxoro tumanida oliy ma’lumotli, bilimli, yuksak malakali mutaxassislar qancha ko‘p bo‘lsa, barcha sohalarda shuncha ko‘p rivojlanish hamda samaradorlikka erishilishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.

      Tadbirda so‘z olgan yoshlar tengdoshlarining ijtimoiy-siyosiy faolligini, intellektual salohiyatini oshirish, jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi g‘oya va tashabbuslari bilan yurt ravnaqiga munosib xizmat qilish zarurligi xususida taklif, fikr va mulohazalar bildirdi.

      Buxoro davlat universiteti Sport faoliyati va pedagogik taʼlim fakulteti talabasi Axmadova Azizabonu o’z savoli bilan murojaat qildi: “Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻz hududimda joylashgan maktablardan boʻsh ish oʻrni mavjudligi bo’yicha malumot olmoqchi edim?”

      Buxoro tumani hokimi Anvarjon Ochilov “Sizning murojaatingiz ko’rib chiqiladi va tez orada sizga mavjud ish o’rni bo’yicha aloqaga chiqishadi, raxmat”.

      Uchrashuvda yoshlarning “Hokim va yoshlar” tadbirini muntazam o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish haqidagi taklifi ma’qullandi. Tuman hokimi talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga javob qaytardi. Uchrashuvda tashabbuskor va faol yoshlarga minnatdorlik bildirdi.

      Uchrashuv so'ngida Buxoro davlat universiteti hamda Buxoro tumani hokimligi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolanib, talabalar amaliyot o‘tashi uchun shart-sharoitlarni yaratish, malakali professor-oʻqituvchilar tomonidan amaliyotlarning olib borilishi, korxona tomonidan amaliy, uslubiy yordam ko‘rsatish aloqalarini kuchaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Kategoriyalar

  • karyera kuni 23
  • uchrashuv 25
  • kelishuv 5
  • ko'rgazma 2
  • munozara 5
  • hokim bilan uchrashuv 33
  • yarmarka 25
  • tanlov 2
  • Xotira 1
  • Koordinator faoliyati 1
  • korrupsiya 1
  • E'lon 3
  • Seminar trening 2
  • Xordiq 1

HashTaglar

“SOF EXPO SAMARKAND” "Kapital bank" Buxoro filiali BuxDU munozara ishonch Buxoro xalqaro aeroporti bilan kelishuv Munozara_viloyat_bosqichi_saralash munozara uchrashuv Karyera kuni kelishuv “WORLD EDU 2023” mehmonxona xalqaro korxona Reikartz mehmonxonasi Hokim bilan uchrashuv hisobot yarmarka maktab "Ekvatorial Chodak" tekstil korxonasi Biznes marafon Buxoro Varnet Buxoro Agroklaster tanlov energetika mahorat darsi O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim fav va Innovatsion vazirligiI Buxoro Davlat Universiteti karyera kuni - 2024 I.Karimovni eslab Koordinator faoliyati uzbat British American Tobacco Uzbekistan UZBAT "ARTEL KOMPANIYASI" BUXORO FILIALI korr korrupsiya Biznesda_yoshlar Biznesda_yoshlar Ochik eshiklar
Yangi ish o'rinlari va bildirishnomalar haqida yangilanishlarni olish uchun hoziroq elektron pochta obunamizga qo'shiling

Karyera markazi sizga imkoniyatingiz va sharoitingizga mos ravishda ish qidirishga yordam bera oladi!

  • Manzil : Muhammad Iqbol ko'chasi 11-uy

  • Email : cace@buxdu.uz

  • Telefon raqam : +998(65) 221-27-49

  • Biz haqimizda
  • Ko'p beriladigan savollar
  • Faxrli bitiruvchilar
  • OTM statistikasi
  • Ish topish
  • Tashkilot/Korxonalar
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Foto lavhalar
  • Video lavhalar
  • Bog'lanish
Copyright © 2025 by MEME CODER +998 93 478 68 81