Buxoro tuman hokimi va yoşlar uçraşuvi
Buxoro davlat pedagogika institutida Buxoro tumani hokimi Anvarjon Oçilov bilan viloyat oliy ta’lim muassasalarining Buxoro tumanida istiqomat qiladigan talaba yoşlarning böş iş örinlari asosida işga joylaştiriş yuzasidan uçraşuvi bölib ötdi. Uşbu uçraşuvda BuxDU Yoşlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça Birinçi prorektori A.Amonov hamda fakultet dekanlari, talaba yoşlar iştirok etişdi.
Uçraşuvda söz olgan tuman hokimi bugun yurtimizda yoşlarning zamonaviy ilm-fan va yuqori texnologiyalarni mukammal egallaşi uçun amalga oşirilayotgan islohotlar va yaratib berilayotgan imkoniyatlar xususida öz fikr-mulohazalarini bayon etdi. Viloyatimizda, qolaversa, Buxoro tumanida oliy ma’lumotli, bilimli, yuksak malakali mutaxassislar qança köp bölsa, barça sohalarda şunça köp rivojlaniş hamda samaradorlikka erişilişi mumkinligini ta’kidlab ötdi.
Tadbirda söz olgan yoşlar tengdoşlarining ijtimoiy-siyosiy faolligini, intellektual salohiyatini oşiriş, jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvçi ğoya va taşabbuslari bilan yurt ravnaqiga munosib xizmat qiliş zarurligi xususida taklif, fikr va mulohazalar bildirdi.
Buxoro davlat universiteti Sport faoliyati va pedagogik taʼlim fakulteti talabasi Axmadova Azizabonu öz savoli bilan murojaat qildi: “Boşlanğiç taʼlim yönalişi böyiça öz hududimda joylaşgan maktablardan böş iş örni mavjudligi böyiça malumot olmoqçi edim?”
Buxoro tumani hokimi Anvarjon Oçilov “Sizning murojaatingiz körib çiqiladi va tez orada sizga mavjud iş örni böyiça aloqaga çiqişadi, raxmat”.
Uçraşuvda yoşlarning “Hokim va yoşlar” tadbirini muntazam ötkazişni yölga qöyiş haqidagi taklifi ma’qullandi. Tuman hokimi talabalarni qiziqtirgan barça savollarga javob qaytardi. Uçraşuvda taşabbuskor va faol yoşlarga minnatdorlik bildirdi.
Uçraşuv söngida Buxoro davlat universiteti hamda Buxoro tumani hokimligi örtasida hamkorlik memorandumi imzolanib, talabalar amaliyot ötaşi uçun şart-şaroitlarni yaratiş, malakali professor-öqituvçilar tomonidan amaliyotlarning olib borilişi, korxona tomonidan amaliy, uslubiy yordam körsatiş aloqalarini kuçaytiriş yuzasidan kelişuvga erişildi.