Buxoro tumani hokimi va talaba-yoşlar uçraşuvi bölib ötdi.
Bugun, 12-may kuni, Buxoro davlat universiteti katta yiğingohida Buxoro tumani hokimi Oçilov Anvarjon Zabaydulloyeviç, tuman mutasaddilari, iş beruvçi korxona va taşkilotlar rahbarlari, BuxDU rektori O.X.Xamidov boşçiligidagi rahbariyat, pedagog-xodimlar hamda talaba-yoşlar iştirokida "Hokim va yoşlar" uçraşuvi bölib ötdi.
Uçraşuv qizğin savol-javoblarga boy böldi. Xususan, BuxDU 1-kurs talabasi Mironşox ayni paytda "Şarq" mehmonxonasida faoliyat yuritayotganini aytib, bugungi kunda uy mehmonxonasi oçiş uçun yoşlarga qay tartibda kömak berilişini söradi. Tumandagi turizm böyiça mas'ullar tomonidan beriladigan imkoniyatlar batafsil tuşuntirildi. Şuningdek, Milliy bank xodimi Dilşod Oçilov tomonidan talabalar uçun ajratiladigan imtiyozli kredit paketlari haqida ma'lumot berildi.
Hozirgi kunda Buxoro tumanida faoliyat yuritayotgan hamda qad rostlayotgan korxonalarga BuxDU professor-öqituvçilari hamda talabalari taşrif buyurib şaroitlarni körişi hamda kelgusida öşa taşkilotda iş yuritiş uçun imkoniyatlar bilan yaqindan tanişişi mumkinligiga kelişildi. Haftaning har şanba kuni Buxoro tumani hokimiyati binosida Buxoro davlat universiteti talabalari uçun hokim qabuli belgilandi.