Buxoro viloyati ishchi guruhi ko'rsatmasi asosida Buxoro davlat universitetida bitiruvchilar bilan manzilli ishlar olib borilmoqda.
Buxoro viloyati ishchi guruhi ko'rsatmasi asosida Buxoro davlat universitetida bitiruvchilar bilan manzilli ishlar olib borilmoqda.
Uchrashuvlar davomida bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kelajakka qadam" dasturi doirasida yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, jumladan, imtiyozli kreditlar, ularning shartlari, maqsadli yo‘nalishlari hamda boshqa qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot va tushuntirishlar berilmoqda.
Shu bilan birga, har bir bitiruvchining kelajakdagi maqsad va rejalari ham alohida o‘rganilmoqda. Xususan, ularning magistratura yoki boshqa ta’lim bosqichlarida o‘qishni davom ettirish istagi, ishga joylashish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash yoki boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha rejalari aniqlashtirilib, tegishli ma’lumotlar yig‘ilmoqda.
Mazkur jarayon bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ularni kasbiy faoliyatga yo‘naltirish, davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishlariga ko‘maklashish hamda kelgusida manzilli qo‘llab-quvvatlash choralarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.