Buxoro Yoshlar markazi binosida "My fair" MCHJ tomonidan "Ta'lim va kasb" xalqaro ko'rgazmasi tashkil etildi.
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda "My Fair" MCHJ bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan "Ta'lim va kasb" xalqaro ko'rgazmasiga barchangizni taklif etamiz.
Ko'rgazmani tashkil etishdan asosiy maqsad yoshlarni O'zbekiston va xorijiy mamlakatlarning хаlqаrо
miqyosda tan olingan oliy o'quv yurtlariga kirish va tahsil olish imkoniyati haqida to'liq ma'lumotlar bilan tanishtirishdir.
Таdbir OТМ talabalari oliy ta'lim (magistratura) muassasasini tanlash, batafsil ma'lumotlarga ega bo'lish vа akkreditatsiyadan o'tgan xalqaro universitetlarga grant vа kontrakt asosida kirish imkoniyatlari haqida ma'lumot olish imkonini beradi.
Hamkorlar:
О'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi;
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi;
О'zbekiston Respublikasidagi "Rossotrudnichestvo" vakolatxonasi;
"Erasmus+" O'zbekiston Respublikasidagi milliy ofisi.
Ko'rgazmada Ozarbayjon,Litva, Rossiya Federatsiyasi, Qozog'iston davlatlaridan oliy ta'lim muassasalari delegatsiyalari, shunigdek, Toshkent sharidagi Webster universiteti va Profi universiteti vakillari ishtirok etdilar.