Buxoroda "TalabaExpo–2026" kasb yarmarkasi!
Buxoroda "TalabaExpo–2026" kasb yarmarkasi!
Bugun Buxoro davlat universitetining "Universal" sport majmuasida yoshlarning bandligini ta’minlash hamda ularning mehnat bozoriga muvaffaqiyatli kirib borishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan "TalabaExpo–2026" kasb yarmarkasi tantanali ravishda ochildi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi. Shundan so‘ng Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan "Kelajakka qadam" loyihasi doirasida tayyorlangan videorolik namoyish etildi.
Ochilish marosimida Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari Baxtiyor Adilov hamda Respublika "Kelajakka qadam" markazi direktori Elmurod Abdusattorovich Xoshimov ishtirok etib, mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning zamonaviy kasb va mutaxassisliklarni egallashi, bandligini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar haqida so‘z yuritdilar. Shuningdek, kasb yarmarkasi talaba-yoshlar va bitiruvchilarni ish beruvchilar bilan bog‘lovchi muhim maydon ekanini alohida ta’kidladilar.
Mazkur yarmarka yoshlarning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning bandligini ta’minlash va mehnat bozorida munosib o‘rin egallashiga xizmat qiladigan muhim platforma sifatida tashkil etildi.