G‘ijduvon tuman hokimi Ashurov Sherzod Rahimovich va bitiruvchilar uchrashuvi.
Uchrashuvda G‘ijduvon tumanida istiqomat qiluvchi Buxoro davlat universiteti bitiruvchilarining 107 nafari ishtirok etishdi.
Tuman hokimi bilan uchrashuvda 45 nafar bitiruvchi ish bilan ta’minlandi.
Tumandagi “Mirolim akademiaysi” ga qarashli xususiy maktabga 35 nafar, “Toʻxtayev” oʻquv markaziga 10 nafar turli yo‘nalishlar vakant ish o’rniga bitiruvchilarni qabul qilinishi bildirildi;
Tumandagi mavjud maktab va maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlariga o‘z hududlarida istiqomat qiluvchi bitiruvchilarni ixtisoslik sohalari bo‘yicha mavjud vakant ish o‘rinlariga qabul qilish bo‘yicha topshiriq berildi.
Tuman hokimi taklifiga asosan tadbirda qatnasha olmagan, davlat imtihonida boʻlgan yoshlar uchun tuman hokimligi binosida 13-iyunda hokim va yoshlar uchrashuvini tashskil etishga kelishildi.