Ğijduvon tuman hokimi hamda talaba yoşlar uçraşuvi
Yurtimizda yoşlar bilan işlaş tizimini yangi darajaga olib çiqiş, ularni ijtimoiy-huquqiy va psixologik qöllab-quvvatlaş, kasb-hunarga örgatiş va bandligini ta’minlaş borasida samarali işlar amalga oşirilib kelinmoqda. Ularning muammo va takliflarini örganiş va hal etiş maqsadida bugun, 3 aprel kuni Ğijduvon tumani hokimi Şerzod Aşurov Buxoro davlat pedagogika institutida ğijduvonlik yoşlar bilan uçraşdi. Unda tegişli tuman hokimi örinbosarlari, korxona va boşqarmalar rahbarlari, Buxoro davlat universiteti Öquv işlari böyiça prorektori R.Ğ.jumayev, bandlik markazi rahbari S.Hamidov hamda talaba-yoşlar iştirok etişdi.
Dastlab tuman hokimi mas’ullar iştirokida yoşlarning takliflarini tingladi. Şundan söng har bir yoş bilan alohida muloqot qilib ularning muammoli masalalariga quloq tutdi. Uçraşuvda Ğijduvon tumanidan viloyat oliy ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan 300 nafarga yaqin yoşlar öz takliflari hamda muammolari bilan Şerzod Aşurovga yuzlanişdi.
Uçraşuvda asosan tadbirkorlikni yölga qöyiş yordam, tuman taşkilotlarida işga joylaşiş uçun kömak, imtiyozli kredit oliş kabi masalalarda viloyat hokimiga murojaat qilişdi. Kötarilgan masalalar mas’ullar iştirokida muhokama qilinib, ijrosini ta’minlaş böyiça muddatlar belgilanib, tegişli topşiriq va körsatmalar berildi.