Hokim va yoşlar uçraşuvi bölib ötdi.
Bugun, 6-may kuni, Kogon tumani hokimi Otabek Qazoqov bilan kogonlik talaba yoşlar uçraşuvi taşkil etildi. Uçraşuvda O'zMilliy bank xodimi Obidjon Şodiyev, iş beruvçi taşkilot va korxonalar rahbarlari, universitet rahbariyati, professor-öqituvçilari, pedagoglar hamda talaba-yoşlar iştirok etişdi.
Uçraşuvni BuxDU Öquv işlari böyiça prorektori R.Ğ.Jumayev kiriş sözi bilan oçib berdi. U nutqi davomida Hokim va yoşlar uçraşuvi belgilangan grafik asosida har bir tuman doirasida taşkil etilişini hamda mazkur uçraşuvlar tumanning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantiriş sari yöl ekanligini ta'kidladi.
Şuningdek, Kogon tumani hokimi Otabek Qazoqov sözga çiqib, bugungi kunda Kogon tumanida amalga oşirilayotgan islohotlar, taşkil etilayotgan sanoat korxonalari va loyihalar, ayniqsa, Yoşlar markazi, yoşlar sanoat zonasi, xorijiy hamkorlar haqida ma'lumot berdi. Talaba yoşlarga öz sohasini çuqur örganiş, maqsad qöyiş, til örganiş borasida muhim maslahatlarini berdi.
Uçraşuv davomida Obidjon Şodiyev tomonidan haq tölanadigan amaliyot hamda imtiyozli kredit beriş tartibi haqida ma'lumot berildi. Şu bilan birga, talaba yoşlar özlarini qiziqtirgan savollarga javob, işga joylaşiş, yöl qatnovi, şaxsiy biznesni yölga qöyiş borasidagi muammolariga amaliy kömak olişdi.