• Biz haqimizda
    • Ko'p beriladigan savollar
    • OTM statistikasi
    • Faxrli bitiruvchilar
  • Yangiliklar
    • Foto lavhalar
  • Maqolalar
  • Ish topish
  • Tashkilot/Korxonalar
  • Rezyumelar
  • Rezyume to'ldirish
  • AI Yordamchi
  • Bog'lanish
Kirish

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Iqtisodiyot va turizm fakultetida "Karyera 2024" mehnat yarmarkasi bo'lib o'tdi
14.05.2024

Iqtisodiyot va turizm fakultetida "Karyera 2024" mehnat yarmarkasi bo'lib o'tdi

Mehnat yarmarkasida viloyatimizda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan sport turlariga ixtisoslashgan sport maktablari o‘zlarida mavjud vakant ish o‘rinlari bilan tashrif buyurdilar. Bitiruvchilar o‘zlarining mutaxassislik yo‘nalishlariga mos ish o‘rinlari bilan tanishib, tashkilotlar nomidan tashrif buyurgan mas’ul xodimlar bilan suhbatda bo‘lib, ish beruvchilar, jumladan, “Kamalak Shabnam Tekstil” MCHJ, “Lister Kamalak Tekstilen” MCHJ, ATB Xalq banki, Davlat soliq boshqarmasi, Qorovulbozor tuman  maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi, “Ipoteka bank” Buxoro shahar filiali, “O‘zagrosug’urta” Buxoro viloyat filiali,  “Bukhara constraction joint project” MCHJ, “Novo Agency” MCHJ, “Dur-Dona Sweets” OK, Qorovulbozor tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, Buxoro viloyat maktab va maktabgacha  ta’lim boshqarmasi, “Neomed Bio Plyus” MCHJ, “Equimed” MCHJ, “Tecom” MCHJ, Buxoro  viloyat Agroxizmatlar markazi, “Trend Motors” MCHJ, “Kapital Travel” MCHJ, Malika Bukhara Hotel  tashkilotlari tomonidan taqdim etilayotgan 100 dan ortiq vakant ish o‘rinlari, ish joyida taqdim etilayotgan qulay sharoitlar bilan tanishdilar.

Tadbir davomida bitiruvchilar diqqatini eng ko‘p qaratgan Viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan 20ta asosiy bo‘sh ish o‘rni, 39ta zaxira ish o‘rinlari ko‘rib chiqildi. Tashkilot kadrlar bo‘limi boshlig’i O.Xodjayeva tomonidan qisqa ma’lumotlar ish beruvchi tomonidan xodimga qanday talablar qo‘yilishi, ularning majburiyatlari haqida tushuntirishlar  berildi. Ishlash istagida bo‘lgan bitiruvchilar o‘z shaxsiy ma’lumotlarini vacancy.argos.uz portali orqali qoldirishlari mumkinligi, bu ma’lumotlar tashkilot ishchi guruhi tomonidan ko‘rib chiqilib arizachiga ma’lum qilinishi aytib o‘tildi.

Bundan tashqari o‘z biznesini rivojlantirish istagida bo‘lganlarga aksiyadorlik tijorat banklari tomonidan yosh tadbirkorlar uchun  kam foizli kredit(subsidiya)lar taklifi berildi.

Tadbirga jalb qilingan korxona va tashkilotlar, birlashmalar, muassasalar va ishlab chiqarish korxonalari, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari, qurilish korxonalari,  tijorat banklari o‘zlarining faoliyat yo‘nalishlariga doir amaliy va ko‘rgazma namunalari bilan tanishtirilib, tadbirga kelgan ishsiz talabalarni shu joyni o‘zida ishga qabul qilish bo‘yicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishga tayyor holda korxona rahbarlari va kadrlar bo‘limi boshliqlari, inspektorlar ham ishtirok etdi.

Kategoriyalar

  • yarmarka 39
  • ko'rgazma 2
  • karyera kuni 26
  • Seminar trening 14
  • E'lon 3
  • munozara 5
  • Koordinator faoliyati 1
  • kelishuv 8
  • uchrashuv 40
  • hokim bilan uchrashuv 33
  • tanlov 2
  • Xotira 1
  • Xordiq 1
  • korrupsiya 1

HashTaglar

"Kapital bank" Buxoro filiali mehmonxona korr korrupsiya ishonch I.Karimovni eslab Buxoro Davlat Universiteti Koordinator faoliyati mahorat darsi Hokim bilan uchrashuv British American Tobacco Uzbekistan Biznesda_yoshlar karyera kuni - 2024 "ARTEL KOMPANIYASI" BUXORO FILIALI "Ekvatorial Chodak" tekstil korxonasi Karyera kuni “WORLD EDU 2023” O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim fav va Innovatsion vazirligiI Ochik eshiklar Buxoro xalqaro aeroporti bilan kelishuv uzbat xalqaro korxona Biznesda_yoshlar hisobot kelishuv UZBAT BuxDU munozara Munozara_viloyat_bosqichi_saralash yarmarka tanlov energetika Biznes marafon “SOF EXPO SAMARKAND” uchrashuv Buxoro Agroklaster Buxoro Varnet munozara maktab Reikartz mehmonxonasi
Yangi ish o'rinlari va bildirishnomalar haqida yangilanishlarni olish uchun hoziroq elektron pochta obunamizga qo'shiling

Karyera markazi sizga imkoniyatingiz va sharoitingizga mos ravishda ish qidirishga yordam bera oladi!

  • Manzil : Muhammad Iqbol ko'chasi 11-uy

  • Email : cace@buxdu.uz

  • Telefon raqam : +998(65) 221-27-49

  • Biz haqimizda
  • Ko'p beriladigan savollar
  • Faxrli bitiruvchilar
  • OTM statistikasi
  • Ish topish
  • Tashkilot/Korxonalar
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Foto lavhalar
  • Video lavhalar
  • Bog'lanish
Copyright © 2025 by MEME CODER +998 93 478 68 81
AI Assistant
Online

Salom! Sizga qanday yordam bera olaman?