"Ishga marhamat" monomarkazida navbatdagi mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Buxoro viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan bugun Buxoro shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda viloyat miqyosida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan korxona va tashkilotlar, xususiy sektorlar, oliy ta’lim muassasalari o‘zlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi.