• Biz haqimizda
    • Ko'p beriladigan savollar
    • OTM statistikasi
    • Faxrli bitiruvchilar
  • Yangiliklar
    • Foto lavhalar
  • Maqolalar
  • Ish topish
  • Tashkilot/Korxonalar
  • Rezyumelar
  • Rezyume to'ldirish
  • Bog'lanish
Kirish

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Jondor tuman hokimi va talaba-yoshlar uchrashuvi
08.04.2024

Jondor tuman hokimi va talaba-yoshlar uchrashuvi

     Buxoro davlat universitetining katta faollar zalida Marketing va karera bo‘limi Bandlik markazi hamda Jondor tuman hokimligi bilan hamkorlikda yoshlarimizning ish bilan bandligini ta’minlash, biznesini qo‘llab-quvvatlash maqsadida talaba-yoshlar va tuman hokimi Xudoev Jamshid Rajabovich o‘rtasida jonli muloqot savol javob asosida tashkil etildi. Tadbirni Buxoro tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshaev   tomonidan ochib berildi. Muhtaram prezidentimizning oxirgi yillarda amalga oshirayotgan yoshlar siyosati, yoshlarga imkoniyatlar juda keng yaratib berilgan sharoitlar masalalari bo‘yicha talabalarimiz bilan suhbat uyushtirib, yoshlarimiz qanday fikrda ekanligi, kelgusidagi kasbiy kamolotlari haqida, shahrimizdagi 5 ta OTMda qanday kadrlar yetishtirib kelayotganligimiz va yurtimizga qanday kadrlar kerakligi masalalari yuzasidan ushbu uchrashuv tashkil etilganligini ta’kidlab o‘tdilar.

     Shundan so‘ng so‘zni Jondor tuman hokimi Xudoev Jamshid Rajabovich:                      “- Bunday uchrashuvlar an’anaga aylanib borar ekan, bularning natijasi ijobiy bo‘lishini xohlaymiz!” – deya davom ettirdilar.

     Shu yilning o‘zida tumanimizdan 200 nafar talabalar turli yo‘nalishlarda o‘qishni yakunlab, o‘z mehnat faoliyatini olib borishi kutilmoqda. Maktab o‘quvchilarimizdan 98% yoshlar turli OTMlarga o‘qishga kirgan. Bu natijalardan ko‘rinib turibdiki, yaratib berilayotgan sharoitlardan Jondor yoshlari samarali foydalanib kelmoqda.

     Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yurtboshimiz tomonidan bir qator chora-tadbirlar tasdiqlanib, amaliyotda qo‘llanilmoqda. Buning yorqin namoyishi sifatida                       2024-yilga “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb nom berilganligini ayta olamiz.

     -“Bu uchrashuvdan asosiy maqsad faqat balandparvoz gaplar bilan shunchaki kelib-ketish emas, balki menga o‘zining muammo va takliflari bilan kelgan talaba-yoshlarni tinglash, ularga shu yerning o‘zida chora topish.” – deydi Jamshid Rajabovich o‘zining nutqini yakunlab, tashrif buyurganlarga quloq tutar ekan.

     Tashrif buyurganlar orasida viloyatimizda mavjud OTMlardan Buxoro davlat universitetiti, Buxoro Muhandislik-Texnologiya instituti, Buxoro davlat tibbiyot instituti, Buxoro tabiiy resurslarini boshqarish instituti talabalari ham ishtirok etishdi.

     Uchrashuvda Buxoro davlat universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori  Rustam G‘anievich Jumaev ham qatnashdilar. Prorektor 2023-2024 o‘quv yilida Jondor tumanidan 50 dan ziyodroq yo‘nalish bo‘yicha bitiruvuvchilar borligi haqida ma’lumot berildi.

     Buxoro davlat tibbiyot talabalari tomonidan bir nechta savollar berildi, hokim Jondor tuman   sog‘liqni saqlash birlashmasining barcha yo‘nalishida kadrlar kerakligi aytildi.

     Buxoro davlat universiteti agranomiya ya’ni qishloq xo‘jalik sohasida ta’lim olayotgan  bitiruvchi  talabalar  tuman hokimidan labaratoriyada ishlashini, kimga murojaat qilishini so‘radi. Hokim shaxsan o‘ziga murojaat qilishini aytdi.

     Buxoro davlat pedagogika instituti bitiruvchi talabasi  matematika fanidan dars berishini va dars borligini so‘radi. Xalq ta’limi tuman boshlig‘i ikkita maktabga dars borligini va uni ta’minlashni aytdi.

     Buxoro davlat universiteti san’avtshunoslik ta’lim yo‘nalishi talabasi, o‘qishga kirishdan oldin Jondor tuman musiqa maktabiga ishlagani,  bitirgandan so‘ng ishini shu yerda davom etirishi uchun amaliy yordam berishini so‘radi. Hokim va uning o‘rinbosari  hatto uni alohida kabinet bilan ta’minlashini aytdilar.

     BuxDu "Sport faoliyati: kurash" ta’lim   yo‘nalishi 3-bosqich talabasi o‘z qishlog‘ida kurash zali ochilgani va oltita qishloqdan 30 nafardan ziyodroq yoshlar kelib qatnashishini va ularga joy kichikligi, kurash matraslari yetmasligini aytib, murojaat  qildi. Tuman hokimi 40 000 000 so‘mlik kurash matrasini olib berishni va’da berdi. Kelajakka kattaroq joy topib berishini aytdi.

     BuxDPI  bitiruvchisi maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ish so‘radi. Tuman hokimi va uning muovinlari bitiruvchi talabani 100% ish bilan ta’minlashni aytdi.  

     Shuningdek, boshqa OTMlarning bitiruvchilar o‘zariga kerak savolariga javob oldilar. Uchrashuv davomida fikrlarni tinglash, yoshlar masalalarini ijobiy hal qilish kabi  masalalar ha o‘z yechimini topdi. Shular bilan birga  yoshlarga ko‘maklashish bilan bir qatorda universitet va tuman hokimligi o‘rtasida talabalar amaliyoti va stajirovkalarini tashkil qilish yuzasidan ikki tomonlama Memorandum ham imzolandi. Umid qilamizki, bunday uchrashuvlar kelajakda yoshlarni jamiyatda o‘z o‘rnini topishga amaliy yordam beradi.

Kategoriyalar

  • karyera kuni 23
  • uchrashuv 25
  • kelishuv 5
  • ko'rgazma 2
  • munozara 5
  • hokim bilan uchrashuv 24
  • yarmarka 23
  • tanlov 2
  • Xotira 1
  • Koordinator faoliyati 1
  • korrupsiya 1
  • E'lon 3
  • Seminar trening 1
  • Xordiq 1

HashTaglar

“SOF EXPO SAMARKAND” "Kapital bank" Buxoro filiali BuxDU munozara ishonch Buxoro xalqaro aeroporti bilan kelishuv Munozara_viloyat_bosqichi_saralash munozara uchrashuv Karyera kuni kelishuv “WORLD EDU 2023” mehmonxona xalqaro korxona Reikartz mehmonxonasi Hokim bilan uchrashuv hisobot yarmarka maktab "Ekvatorial Chodak" tekstil korxonasi Biznes marafon Buxoro Varnet Buxoro Agroklaster tanlov energetika mahorat darsi O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim fav va Innovatsion vazirligiI Buxoro Davlat Universiteti karyera kuni - 2024 I.Karimovni eslab Koordinator faoliyati uzbat British American Tobacco Uzbekistan UZBAT "ARTEL KOMPANIYASI" BUXORO FILIALI korr korrupsiya Biznesda_yoshlar Biznesda_yoshlar Ochik eshiklar
Yangi ish o'rinlari va bildirishnomalar haqida yangilanishlarni olish uchun hoziroq elektron pochta obunamizga qo'shiling

Karyera markazi sizga imkoniyatingiz va sharoitingizga mos ravishda ish qidirishga yordam bera oladi!

  • Manzil : Muhammad Iqbol ko'chasi 11-uy

  • Email : cace@buxdu.uz

  • Telefon raqam : +998(65) 221-27-49

  • Biz haqimizda
  • Ko'p beriladigan savollar
  • Faxrli bitiruvchilar
  • OTM statistikasi
  • Ish topish
  • Tashkilot/Korxonalar
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Foto lavhalar
  • Video lavhalar
  • Bog'lanish
Copyright © 2025 by MEME CODER +998 93 478 68 81