Karyera kuni-2023
14-mart kuni mehnat yarmarkasi “Agronomiya va biotexnologiya” fakultetida tashkil etildi. Tadbir davomida 200 nafar fakultet bitiruvchilari ishtirok etib, 10 dan ortiq korxona va tashkilotlar tomonidan taklif etilgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishdi. Tadbir yakuniga ko‘ra ish beruvchi va bitiruvchilar o‘rtasida 48 dan ortiq ishga joylashish shartnomalari tuzilgan.