• Biz haqimizda
    • Ko'p beriladigan savollar
    • OTM statistikasi
    • Faxrli bitiruvchilar
  • Yangiliklar
    • Foto lavhalar
  • Maqolalar
  • Ish topish
  • Tashkilot/Korxonalar
  • Rezyumelar
  • Rezyume to'ldirish
  • AI Yordamchi
  • Bog'lanish
Kirish

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Karyera kuni - 2023
15.03.2023

Karyera kuni - 2023

2022/2023 o‘quv yilida Buxoro davlat universitetini jami 5 812 nafar talaba mavjud ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha bitiryapti. Univeritet bitiruvchilarini bandligiga ko‘maklshish va yoshlarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan “Karyera kuni - 2023” mehnat yarmarkasini tashkil etish va oʻtkazish nazorat rejasiga asosan Buxoro viloyat Mehnat bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda universitetda mavjud fakultetlar kesimida fevral va mart oylarida “Karyera kuni – 2023” mehnat yarmarkalari tashkil etildi.

            Belgilangan rejaga asosan 14-15-16-fevral kunlari “Jismoniy madaniyat” fakultetida "Karyera kuni-2023” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda 400 nafarga yaqin bitiruvchilar ishtirok etishdi. Mehnat yarmakasi davomida viloyatimizda mavjud 20 dan ortiq korxona va tashkilotlar vakant ish o‘rinlari bilan qatnashib, 54 nafar bitiruvchilar bilan mehnat shartnomalari tuzildi.

            22-fevral kuni mehnat yarmarkasi “Iqtisodiyot va turizm” fakultetida tashkil etildi. Tadbir davomida 250 nafar fakultet bitiruvchilari ishtirok etib, 50 dan ortiq korxona va tashkilotlar tomonidan taklif etilgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishib, 30 dan ortiq ishga joylashish shartnomalari tuzildi.

            25-fevral kuni “Tabiiy fanlar” fakultetida bitiruvchilar bandligiga ko‘maklshishga qaratilgan mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Tadbir davomida 120 nafar fakultet bitiruvchilari ishtirok etib, 15 dan ortiq korxona va tashkilotlar tomonidan taklif etilgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishib, 20 nafar bitiruvchilar bilan ishga joylashish shartnomalari tuzildi.

            Mehnat yarmarkasi o‘tkazilish rejasiga asosan 27-fevral kuni “Xorijiy tillar” fakultetida “Karyera kuni-2023” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Mehnat yarmarkasida 450 nafarga yaqin bitiruvchilar ishtirok etishdi. Mehnat yarmarkasi davomida viloyatimizda mavjud 40 dan ortiq korxona va tashkilotlar vakant ish o‘rinlari bilan qatnashib, 30 nafar bitiruvchilar bilan mehnat shartnomalari imzolashdi.

            28-fevral kuni “Fizika-matematika” fakultetida bitiruvchilar bandligiga ko‘maklshishga qaratilgan mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Tadbir davomida 219 nafar fakultet bitiruvchilari ishtirok etib, 18 ga yaqin korxona va tashkilotlar tomonidan taklif etilgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishib, 38 nafar bitiruvchilar bilan ishga joylashish shartnomalari tuzildi.

            Tadbir rejasiga ko‘ra 2-mart kuni “Pedagogik ta’lim” fakultetida "Karyera kuni-2023” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Mehnat yarmarkasida 450 nafarga yaqin bitiruvchilar ishtirok etishdi. Mehnat yarmakasi davomida viloyatimizda mavjud 30 dan ortiq korxona va tashkilotlar vakant ish o‘rinlari bilan qatnashib, 60 nafar bitiruvchilar bilan mehnat shartnomalari tuzildi.

            4-mart kungi yarmarka “Filologiya” fakultetida tashkil etildi. Tadbir davomida 400 nafar fakultet bitiruvchilari ishtirok etib, 30 dan ortiq korxona va tashkilotlar tomonidan taklif etilgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishishdi va 41 nafar yoshlar bilan ishga joylashish shartnomalari tuzildi.

            10-mart kuni “San’atshunoslik” fakultetida bitiruvchilar bandligiga ko‘maklshishmaqsadida tashkil etilgan mehnat yarmarkasi davomida 300 nafar fakultet bitiruvchilari ishtirok etib, 17 dan ortiq korxona va tashkilotlar tomonidan taklif etilgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishishdi. Tadbir yakunida 60 nafar bitiruvchilar bilan ishga joylashish shartnomalari tuzildi.

            14-mart kuni mehnat yarmarkasi “Agronomiya va biotexnologiya” fakultetida tashkil etildi. Tadbir davomida 200 nafar fakultet bitiruvchilari ishtirok etib, 10 dan ortiq korxona va tashkilotlar tomonidan taklif etilgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishdi. Tadbir yakuniga ko‘ra ish beruvchi va bitiruvchilar o‘rtasida 48 dan ortiq ishga joylashish shartnomalari tuzilgan.

            15-mart kuni “Axborot texnologiyalari” fakultetida tashkil etilgan bitiruvchilar bandligiga ko‘maklshishga qaratilgan Mehnat yarmarkasida 130 nafar fakultet bitiruvchilari ishtirok etishdi. Bunda 20 dan ortiq korxona va tashkilotlar tomonidan taklif etilgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishib, 27 nafar bitiruvchilar bilan ishga joylashish shartnomalari imzolandi.

            Universitetda tashkil etilgan “Karyera kuni – 2023” mehnat yarmakasi oyligi davomida 408 nafar bitiruvchilar bilan iqtisodiyotning turli tarmoqlar va sohalari kesimida ishga joylashish shartnomalari imzolanilishiga erishildi, bunda kelishuvga erishganlarning 148 nafari (36.3%) xalq ta’limi tizimida, 60 nafari (14.7%) maktabgacha ta’lim tizimida, 30 nafari (7.3%) iqtisodiyotning turli ishlab chiqarish sohalarida, 102 nafari (25%) xususiy sektorda, 48 nafari (11.8%) qishloq xo‘jaligi sohasida, 20 nafari (4.9%) madaniyat va sport sog‘lomlashtirish sohalari bo‘yicha taqsimlangan.

 

t/r

Fakultet

O’tkazilgan sana

Bitiruvchilar soni

Qatnashgan korxona-tashkilotlar soni

Ishtirok etgan bitiruvchilar soni

Tuzilgan mehnat shartnomalari

1

Tabiiy fanlar

25-fevral

204

15

120

20

2

Jismoniy madaniyat

14-15-16-fevral

893

20

400

54

3

Iqtisodiyot va turizm

22-fevral

269

50

250

30

4

Filologiya

4-mart

563

30

400

41

5

Pedagogika

2-mart

637

30

450

60

6

Fizika-matematika

28-fevral

481

18

219

38

7

San’atshunoslik

10-mart

485

17

300

60

8

Xorijiy tillar

27-fevral

656

40

450

30

9

Agronomiya va biotexnologiya

14-mart

238

10

200

48

10

Axborot texnologiyalari

15-mart

167

14

130

27

11

Tarix va yuridik

…..

452

 

 

 

Jami

 

5045

244

2800

408

 

Kategoriyalar

  • yarmarka 39
  • ko'rgazma 2
  • karyera kuni 26
  • Seminar trening 14
  • E'lon 3
  • munozara 5
  • Koordinator faoliyati 1
  • kelishuv 8
  • uchrashuv 40
  • hokim bilan uchrashuv 33
  • tanlov 2
  • Xotira 1
  • Xordiq 1
  • korrupsiya 1

HashTaglar

"Kapital bank" Buxoro filiali mehmonxona korr korrupsiya ishonch I.Karimovni eslab Buxoro Davlat Universiteti Koordinator faoliyati mahorat darsi Hokim bilan uchrashuv British American Tobacco Uzbekistan Biznesda_yoshlar karyera kuni - 2024 "ARTEL KOMPANIYASI" BUXORO FILIALI "Ekvatorial Chodak" tekstil korxonasi Karyera kuni “WORLD EDU 2023” O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim fav va Innovatsion vazirligiI Ochik eshiklar Buxoro xalqaro aeroporti bilan kelishuv uzbat xalqaro korxona Biznesda_yoshlar hisobot kelishuv UZBAT BuxDU munozara Munozara_viloyat_bosqichi_saralash yarmarka tanlov energetika Biznes marafon “SOF EXPO SAMARKAND” uchrashuv Buxoro Agroklaster Buxoro Varnet munozara maktab Reikartz mehmonxonasi
Yangi ish o'rinlari va bildirishnomalar haqida yangilanishlarni olish uchun hoziroq elektron pochta obunamizga qo'shiling

Karyera markazi sizga imkoniyatingiz va sharoitingizga mos ravishda ish qidirishga yordam bera oladi!

  • Manzil : Muhammad Iqbol ko'chasi 11-uy

  • Email : cace@buxdu.uz

  • Telefon raqam : +998(65) 221-27-49

  • Biz haqimizda
  • Ko'p beriladigan savollar
  • Faxrli bitiruvchilar
  • OTM statistikasi
  • Ish topish
  • Tashkilot/Korxonalar
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Foto lavhalar
  • Video lavhalar
  • Bog'lanish
Copyright © 2025 by MEME CODER +998 93 478 68 81
AI Assistant
Online

Salom! Sizga qanday yordam bera olaman?